“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 07:46
ЎЗO‘Z

Twitter’dagi mashhurlar akkauntini buzgan 17 yoshli o‘smirning 3 mln dollarlik bitkoini borligi ma’lum bo‘ldi

04 avg, 08:16 2 002 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Twitter’dagi mashhurlar akkauntini buzgan 17 yoshli o‘smirning 3 mln dollarlik bitkoini borligi ma’lum bo‘ldi Foto: Tampa Bay Times
Ilon Mask, Bill Geyts hamda boshqa biznesmen va mashhurlarning Twitter’dagi akkauntini buzishda aylanayotgan 17 yoshli Grexem Klarkning 3 million dollarlik bitkoini borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda gumonlanuvchining advokatiga tayanib, Tampa Bay Times xabar berdi.

Advokat bitkoinlar haqida prokuror gumonlanuvchini vaqtinchalik hibsdan ozod etish uchun to‘lanadigan garov pulini belgilagani ma’lum qilgan. Tomonlar Klark ayblanayotgan 30 banddagi jinoyatlarning har biri uchun 25 mingdan, jami 750 ming dollar garov pulini to‘lashga kelishib olgan. Prokurorning ta’kidlashicha, Florida shtati qonunlariga ko‘ra, gumonlanuvchi garov sifatida taqdim etiladigan mablag‘larning qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilganini isbotlab berishi kerak.

«Javobgarning xatti-harakatlaridan kelib chiqib, undagi har bir penya noqonuniy yo‘l bilan ishlab topilgan deb hisoblayman… Gap millionlab dollarlar haqida ketmoqda», — deydi prokuror.

Advokatning aytishicha, Klark 2019 yilda jinoiy tergov ob’ekti bo‘lgan. Shu sababli politsiya gumonlanuvchining 15 ming dollar naqd puli va 400 bitkoinini olib qo‘ygan. Keyinroq huquq-tartibot organlari aylov e’lon qilishdan bosh tortgan va Klarkka 300 bitkoinni qaytargan (hozirgi kurs bo‘yicha 3,3 million dollar). Bu ayblanuvchining mablag‘lari to‘g‘ri yo‘l bilan topilganining eng yaxshi isboti.

Sudga garov puli to‘lanishiga rozi bo‘lgan. Tergov vaqtida Klark pasportini topshirishi, uyini tark etmasligi va qayerdaligini ko‘rsatib turuvchi datchikda yurishi belgilangan. Shuningdek, unga har qanday qurilma yordamida internetdan foydalanish taqiqlangan.

Iyul o‘rtalarida Bill Geyts, Ilon Mask, Barak Obama, Kane Uest va boshqa mashhurlarning Twitter akkaunti xakerlar tomonidan buzilib, bitkoin talab qilingani haqida xabar berilgan edi. 31 iyul kuni esa mazkur ishda gumonlanib 17 yoshli Grexem Klark ismli o‘spirin aybdor deb topilib, hibsga olingan. Klarkning sheriklari sifatida Florida shtatida yashovchi 22 yoshli Nima Fazelli va Buyuk Britaniya fuqarosi 19 yoshli Mason Sheppard gumonlanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 107
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 268
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar