“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:20
ЎЗO‘Z

«Elchining qizi»ni sevib qolgan Gediz — Uraz Kaygilarog‘lu: Aktyorlikni tanlagan sportchi

03 avg, 19:30 7 156 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Elchining qizi»ni sevib qolgan Gediz — Uraz Kaygilarog‘lu: Aktyorlikni tanlagan sportchi Turkiyalik aktyor Uraz Kaygilarog‘lu o‘zbek tomoshabinlariga «Elchining qizi» teleserialidagi Gediz obrazi bilan yaxshi tanish. Tomoshabinlar bir necha oydan beri Nare — Sanjar — Gedizdan iborat muhabbat uchburchagi atrofida yuz berayotgan voqea-hodisalarni katta qiziqish bilan tomosha qilmoqda. Quyida Gediz obrazi bilan millionlab muxlislar orttirgan Uraz Kaygilarog‘luning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlaymiz.

Foto: Instagram / @urazka
Uraz Kaygilarog‘lu 1987 yil 30 iyulda Istanbulda tug‘ilgan. Bolaligi Marmar dengizi qirg‘og‘ida o‘tgan Uraz otasidan juda kichikligidayoq ayrilib qoladi. Aktyor dastlab sport sohasiga qiziqib, maxsus sertifikat egasiga aylanadi. Keyinchalik reklama sohasida faoliyat yuritish uchun Istanbulning Bilgi universitetida tahsil oladi.

Foto: Getty Images
Mutaxassisligi boshqa bo‘lgan Urazning kino san’atiga ilk qadami 2008 yil «Es-es» filmi bilan boshlandi. Oradan bir necha yil o‘tib «Ajdaho yo‘li» trillerida jurnalist obrazida ko‘rinish berdi. Shundan keyingina Urazni bir qancha reklama roliklariga taklif etishdi. Birin-ketin ijro etilgan dramatik rollaridan keyin Murat Sheker hamda Ali Tanriverdi ssenariylari asosida «Bosh qahramonlar» komediyasida bosh rolni o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Foto: «Haber.com»
2014 yilga kelib aktyor shaxsiy hayotida yangilik yuz berdi. U umr yo‘lida o‘ziga yo‘ldosh qilib aktrisa Melis Ishitenni tanladi. Afsuski, ular oila qurganiga roppa-rosa 5 yil to‘lganida kelishuv asosida nikohni bekor qilishga qaror qilganligini ommaga e’lon qildi.

«Biror narsa deyish qiyin. Ammo yo‘limizning boshidan bizga do‘st bo‘lganingiz uchun sizlarga aytdik. Qizimizni alohida uylarda tarbiya qilishga kelishib oldik. Muhabbatimizni saqlab qolish uchun bir-birimizni ranjitmasdan, bezor qilmasdan, yomon ko‘rmasdan ayrilmoqdamiz. Eng muhimi, qizalog‘imiz Adaning baxtsiz bo‘lmasligi uchun vidolashyapmiz», – deydi Melis Ishiten.

Uraz ham bu borada hech kimni ayblamadi: «Albatta, bunday bo‘lishini istamas edik. Hech kim xohlamaydi. Ammo insonmiz. Ruh! Qalb! Oldindan nima bo‘lishini bila olmaysan. Bir-birimizni juda go‘zal sevdik. Lekin oilani asrab qolish qiyin ekan. Nachora, yo‘lda faqatgina sevgi bilan davom etamiz.»

«Elchining qizi» serialidan kadr.
Foto: «Milliyet»

Shu tariqa 2019 yil Uraz hamda Melisning yo‘li ajraldi. Oradan bir yil o‘tib Uraz va bloger Mehtap Algul orasidagi ishqiy munosabatlar haqida shov-shuvlar paydo bo‘ldi.

Yulduz intervyularining birida o‘zi haqida tarqalgan mish-mishlarni rad etdi. Shuningdek, sevimli mashg‘uloti tavla chalish, taom tayyorlash hamda sayohat bo‘lgan Uraz hanuzgacha juftini topmaganligini ta’kidlab o‘tdi.

Uraz «Elchining qizi» teleseriali rejissyori Emre Karabusak bilan qalin do‘st. U rejissyor bilan birga tushgan suratlari bilan tez-tez bo‘lishib turadi.
View this post on Instagram

ne olacaksa olsun be!

A post shared by Uraz Kaygılaroğlu (@urazka) on





Mavzuga oid yangiliklar
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 0
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar