“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 19:44
ЎЗO‘Z

«Piramidalarni o‘zga sayyoraliklar qurgan» – Ilon Maskning tviti muhokamalarga sabab bo‘ldi

02 avg, 23:06 2 811 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Piramidalarni o‘zga sayyoraliklar qurgan» – Ilon Maskning tviti muhokamalarga sabab bo‘ldi Space X asoschisi Ilon Mask Misrdagi piramidalarni o‘zga sayyoraliklar qurganini yozdi. Bunga javoban Misr tashqi aloqalar vaziri Maskni piramidalarni borib ko‘rishga taklif qildi.

«Piramidalarni o‘zga sayyoraliklar qurgan», deb yozdi dastlab Mask tvitterdagi sahifasida. U keyinchalik bu borada yana ikkita post qoldirdi. Avvaliga «Ramzes II yashab o‘tgan», deb yozdi. Keyinchalik yana ikkita tvit yozib, 3 800 yil avval qurilgan piramidalarni insoniyat tarixidagi eng uzoq vaqt davomida barpo etilgan inshoot deb atadi va VVS'da piramidalar qurilishi haqida e’lon qilingan maqolani ilova qildi.

Bunga javoban Misr tashqi munosabatlar vaziri Raniya al Mashat kashfiyotchini mamlakatga taklif qildi: «Janob Mask, men sizning ishlaringizni zavq bilan kuzataman. Siz va Space X jamoasini Misrga taklif qilaman. Piramidalar qanday qurilganini va ularni qurganlarning qabrini kelib ko‘ring. Biz sizni kutamiz, janob Mask», deb yozdi Misr tashqi munosabatlar vaziri tvitterdagi sahifasida.

Maskning tviti juda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilarning aksari piramidalarga oid qiziqarli ma’lumotlar va rasmlar bilan javob berishdi. Arxeologiya fanlari professori Sara Parchak Maskni kinoya bilan «misrshunos» deb atadi. U Space X asoschisiga piramidalar qurilgani haqidagi ma’lumotlar yozilgan papirus xuddi Maskning yangi tvitlari kabi saqlanayotganini, o‘zida mavjud ma’lumotlarni bo‘lishishdan mamnun ekanini yozdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 68
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 296
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 327
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 1
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 15
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 17
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 39
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 15
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • Bo‘limlar