“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 00:38
ЎЗO‘Z

Rossiyada yangi o‘quv yilida talabalar va o‘qituvchilarning niqob taqishi majburiy bo‘ladi

02 avg, 06:30 2 044 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada yangi o‘quv yilida talabalar va o‘qituvchilarning niqob taqishi majburiy bo‘ladi Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov mamlakat oliy o‘quv yurtlari rektorlari o‘tkazgan bilan onlayn majlis chog‘ida yangi o‘quv yilida talabalar va o‘qituvchilar uchun tibbiy niqob taqish majburiy talab qilib belgilanishini ma’lum qildi.
Talabalar va o‘qituvchilarni niqoblar bilan ta’minlash universitetlar zimmasiga yuklanadi.

Koronavirusga antitanachalar hosil qilgan o‘qituvchilar va OTM xodimlari darslarda niqobsiz ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun ular tegishli ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday o‘qituvchilarga ma’ruzalar o‘qish chog‘ida ham niqobdan foydalanmasligiga izn beriladi.

Shuningdek, barcha universitetlarda havoni dezinfeksiyalovchi qurilma o‘rnatiladi, o‘quv korpuslarida esa isitma o‘lchanadi.
Aviaqatnovlar tiklangan mamlakatlardan kelgan talabalar faqat 14 kunlik karantinda saqlanganidan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishishlari mumkin bo‘ladi.

Ular shuningdek, Rossiyaga kirib kelganidan 10-12 kun o‘tib, COVID-19ga test topshirishlari kerak bo‘ladi. Aviaqatnovlar tiklanmagan mamlakatdagi talabalar uchun OTMlar onlayn formatdagi o‘quv mashg‘ulotlarini ta’minlab berishlari lozim.

Majlis chog‘ida vazir OTMlar o‘quv jarayonini sentabrda boshlash yo boshlamaslik to‘g‘risida mustaqil qaror chiqarishlari mumkinligini alohida ta’kidlagan.

«OTMlar o‘quv yilining boshlanishini ikki oygacha surishlariga ruxsat beriladi. Biroq Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarining 92 foizi o‘quv yilini 1 sentabrdan boshlashga tayyor», — degan Falkov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 262
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 94
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 8
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 24
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 16
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 200
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 214
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 142
  • Bo‘limlar