“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:45
ЎЗO‘Z

COVID-19 yuqtirib olgan kishi qancha vaqt davomida virusni boshqalarga ham yuqtirishi mumkin?

30 iyul, 19:00 3 190 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
COVID-19 yuqtirib olgan kishi qancha vaqt davomida virusni boshqalarga ham yuqtirishi mumkin? Kasallikni yengil shaklda o‘tkazayotgan bemor 9 kungacha virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin, deb ma’lum qildi JSST eksperti Mariya van Kerkxov.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVID-19 masalalari bo‘yicha yetakchi eksperti Mariya van Kerkxov tashkilotning «Savol-javob» dasturida ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan savollarga javob berdi.

– Koronavirus yuqtirib olgan kishi qancha vaqt davomida uni boshqalarga ham yuqtirishi mumkin? Kasallikni yengil, o‘rta va og‘ir shaklda o‘tkazayotganlarda bu muddat farq qiladimi?
– Bu savol ustida faol izlanishlar olib borilyapti. Chunki biz bilamizki, ayrim hollarda kishining koronavirusga topshirgan testlari bir necha marta, anchagina uzoq vaqt davomida musbat natija berishi mumkin. Lekin bu degani ular shuncha uzoq vaqt virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin, degani emas.

COVID-19`ga chalingan kishining qancha uzoq vaqt virus yuqtiruvchi bo‘lib qolishi, bu muddat bemor kasallikni yengil yoki og‘ir shaklida o‘tkazganiga qarab farq qilishi yoki farqlanmasligi bo‘yicha tadqiqotlar hozirda juda kam. Biz buni aniqlash uchun ko‘plab laboratoriyalar bilan birgalikda ish olib boryapmiz. Hozirgacha shuni bilamizki, kasallikni yengil shaklda o‘tkazayotgan bemor 8 yoki 9 kungacha virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin. U 9 kundan keyin katta ehtimol bilan virus tarqatuvchi hisoblanmaydi.

Kasallikni og‘ir shaklda o‘tkazayotgan bemorlarda bu muddat farq qiladi. Bunday bemorlar testida 3 haftagacha faol holatdagi virusni aniqlash mumkin. Ular shifoxonada, izolyatsiyada davolanishlari lozim. Umuman olganda, koronavirus ilk tarqala boshlagandan buyon JSST barcha mamlakatlarga virus aniqlangan barchani – shu jumladan, kasallikni alomatsiz o‘tkazayotganlarni ham – izolyatsiya qilishni tavsiya qilib kelmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hozirgi tavsiyalariga asosan, koronavirus tasdiqlangan bemorlar alomatlar paydo bo‘la boshlaganidan keyin kamida 10 kun, shuningdek qo‘shimcha tarzda, simptomlar yo‘qolganidan so‘ng 3 kun izolyatsiyada bo‘lishi lozim.

Agar sizda alomatlar bo‘lmasa-yu, test musbat natija bersa, u holda test topshirgan vaqtingizdan boshlab 10 kun izolyatsiyada bo‘lishingiz maqsadga muvofiq.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda amaldagi tartibga asosan, koronavirusga chalinib, kasallikni yengil shaklda o‘tkazayotgan va uyda davolanayotgan bemorlarga tashxis qo‘yilganidan 10 kun o‘tib, ulardan qayta test olinishi va natija manfiy bo‘lgan holda ular sog‘aygan hisoblanishi belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar