“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:53
ЎЗO‘Z

AQSHda koronavirusga qarshi vaksinaning dunyodagi eng keng ko‘lamli klinik sinovlari boshlandi

28 iyul, 12:15 2 923 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSHda koronavirusga qarshi vaksinaning dunyodagi eng keng ko‘lamli klinik sinovlari boshlandi Foto: AP Photo[sup][/sup]
AQSHda 27 iyuldan boshlab Moderna biotexnologiya kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi sinovining uchinchi — yakuniy bosqichi boshlandi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.

Klinik sinovlarda 30 ming kishi ishtirok etadi, u 1:1 nisbatda randomizatsiyalangan platsebo-boshqariluvchi tadqiqot usuli bo‘yicha amalga oshiriladi.

Associated Press agentligining yozishicha, bu ko‘lami jihatidan koronavirusga qarshi hozirga qadar o‘tkazilgan dunyodagi eng yirik klinik sinov hisoblanadi.

Moderna kompaniyasi vaksinani yaratish uchun AQSH Sog‘liqni saqlash vazirligidan 483 million dollar olgan. Shu bilan birga, klinik sinovlarning uchinchi fazasi u qadar ko‘p bo‘lmagan ko‘ngillilar orasida o‘tkazilishi taxmin qilingandi.

Biroq Food and Drug Administration bilan (Rospotrebnadzor muqobili) kelishilgan holda tomonlar uchinchi fazadagi sinovlar ko‘lamini kengaytirishga qaror qilgan. Buning uchun kompaniyaga qo‘shimga 472 million dollar ajratiladi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari yakuniga yetganini e’lon qilgandi. Shuningdek, u yaqin haftalarda yana to‘rtta vaksinaning sinovi yakunlanishini bildirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham koronavirusga qarshi vaksina yaratilganini xabar qilgan. Uni ishlab chiqarish avgust oyida boshlanishi mumkin. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning 90 million dozalik COVID-19 vaksinasiga buyurtma bergani haqida ham xabar berilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar