“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:22
ЎЗO‘Z

So‘rovnoma: Bayden Tramp uchun muhim bo‘lgan uchta shtatda yetakchilik qilmoqda

27 iyul, 12:30 2 222 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
So‘rovnoma: Bayden Tramp uchun muhim bo‘lgan uchta shtatda yetakchilik qilmoqda Saylovchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovnomalarga ko‘ra AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden uchta muhim strategik shtatda prezident Donald Trampdan oldinda bormoqda. So‘rovnoma natijalari 26 iyul kuni CNN’da e’lon qilingan.

Gap Arizona, Florida va Michigan shtatlari haqida ketmoqda. 2016 yilda Trampning g‘alaba qozinishida uning aynan ana shu shtatlarda ustunlik qilgani muhim rol o‘ynagandi.

Ta’kidlanishicha, prezident saylovi o‘tkaziladigan sanaga 100 kun qolganda yuqorida nomlari keltirilgan shtatlardagi saylovchilar Jo Bayden nomzodini ko‘proq qo‘llashmoqda.

So‘rovnomada ma’lum bo‘lishicha, Arizona shtatida aholining 49 foizi Jo Baydenni qo‘llashga tayyor, 45 foiz aholi esa Trampni qo‘llashini bildirgan. Florida shtatida esa so‘ralganlarning 51 foizi Baydenni qo‘llashini ma’lum qilgan bo‘lsa, 46 foizi Trampni qo‘llamoqchi. Michigan shtatida ko‘rsatkichlar Tramp uchun juda yoqimsiz bo‘lmoqda. Bu shtatda so‘rovnomada qatnashganlarning 52 foizi demokratlar nomzodi Baydenni, 40 foizi respublikachilar vakili bo‘lgan amaldagi prezident Trampni qo‘llashini bildirgan.

16 iyul kuni AQSHdagi siyosiy tahlillar o‘tkazuvchi ancha obro‘li Real Clear Politics portali e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilar o‘rtasida mashhurlik va ommaboplik bo‘yicha Jo Bayden Trampni o‘rtacha 8,6 foizga ortda qoldirmoqda.

Bugun Qo‘shma shtatlarda yana ko‘pchilik mutaxassislar va tahlilchilar saylovoldi targ‘ibotlarida Jo Bayden ustunlik qilayotganini, ammo xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerakligini aytishadi. Ular 2016 yilda o‘tkazilgan saylovlarda prezidentlikka nomzod Hillari Klinton saylovoldi so‘rovnomalarida Donald Trampdan sezilarli oldinda bo‘lganini, ammo yakunda kichik bir xato tufayli Tramp g‘alaba qozonganini eslatishadi.

Ma’lumot uchun, AQSHda prezident saylovi 2020 yil 3 noyabrga belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 157
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 295
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar