“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:10
ЎЗO‘Z

Turkmaniston prezidenti niqob taqib baliq oviga chiqdi (foto, video)

16 iyul, 16:31 2 848 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkmaniston prezidenti niqob taqib baliq oviga chiqdi (foto, video) Kadr: YouTube
Hozirda ta’tilda bo‘lgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov baliq oviga chiqib, qo‘lga kiritgan o‘ljalarini Kopetdag‘dagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yubordi, deb xabar beradi «Altyn Asyr» kanali.

E’tiborli jihati, televideniye mamlakat prezidentini himoya niqobi va qo‘lqoplarda ko‘rsata boshlagan, hatto u tabiat qo‘ynida bo‘lganida ham. Turkmaniston hududida koronavirus tarqalganini rasman tan olmagan mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi esa niqob havoda «zararli chang tarqalgani» sabab taqilayotganini ma’lum qilgan.

Berdimuhamedov ko‘l bo‘yiga qarmog‘ini qo‘yib, turkman yeri va mahalliy o‘simliklarining o‘ziga xosligi to‘g‘risida chop etilgan maqolalarni o‘qib chiqqan. Prezident o‘zining barcha harakatlarini — gazeta o‘qishdan tortib, binokolda atrofni kuzatishlarigacha — yolg‘iz bo‘lsa-da, niqobni yechmagan holda amalga oshirgan.

Kadr: YouTube
Telereportajda ma’lum qilinishicha, Berdimuhamedov ushlagan baliqlar bolalar uyining barcha tarbiyalanuvchilarini to‘ydirishga yetgan. Sayrga chiqqan bolalar ham niqobda ko‘rsatilgan, bino ichida esa — niqobsiz.

Kadr: YouTube
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Turkmaniston hukumati «koronavirus» so‘zini ishlatish, shuningdek, fuqarolarga ko‘chaga tibbiy niqoblarni taqib chiqishni taqiqlagan edi.

Avvalroq Turkmaniston poytaxtida tibbiy niqoblar narxi bir haftada 14 baravar oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun 6 iyuldan buyon Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti missiyasi bo‘lib turibdi. U infeksiya tarqalishi xavfini baholash uchun Turkmaniston kasalxonalari va laboratoriyalariga tashrif buyurishi lozim. Mamlakatga mutaxassislarning kirib kelishi bilan deyarli bir vaqtda Turkmaniston prezidenti va hukumati ta’tilga chiqib ketgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar