“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:44
ЎЗO‘Z

Reper Kane Uest AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olindi

16 iyul, 14:03 2 066 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Reper Kane Uest AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olindi Foto: AP
Amerikalik rep qo‘shiqchisi Kane Uest AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu boradagi maxsus Forma №1 guvohnomasi federal saylov komissiyasi rasmiy saytida paydo bo‘ldi.

Taniqli model Kim Kardashianning eri Kane Uest saylov kampaniyasi uchun «Kane 2020» degan nom tanlagan. Uning partiyasi esa noodatiy va ta’bir joiz bo‘lsa, jiddiy bo‘lmagan ko‘rinishda: BDY Party. Ya’ni, Birthday Party (tug‘ilgan kun bazmi). Reperning nomzodi 15 iyul kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Uest hali Forma №2 deb nomlanadigan asosiy hujjatni topshirmagan. Bu hujjat saylov kampaniyasi uchun kamida 5 ming dollar miqdorida pul to‘plangani yoki xarajat qilinganidan guvohlik berishi kerak. Bu hujjatsiz nomzod saylovga qo‘yilmaydi.

AQSHdagi mashhur konsalting kompaniyasi Redfield & Wilton 15 iyul kuni 2 foiz amerikaliklar saylovda Kane Uest nomzodiga ovoz berishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Ijtimoiy so‘rovlar natijasi hozircha Jo Baydenga ustunlik bermoqda. Uning nomzodini qo‘llab 48 foiz amerikaliklar ovoz berishga tayyor.

AQSHda reper Kane Uestning nomzodini jiddiy qabul qilishmayapti. Ma’lum bo‘lishicha, uning ruhiy holatidagi salbiy o‘zgarishlar prezidentlik kampaniyasi boshlashiga sabab bo‘lgan. Uest o‘z nomzodini ilgari surmoqchi ekanini aytganida, amaldagi prezident Donald Tramp uni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar