“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:33
ЎЗO‘Z

AQSH Afg‘onistondagi beshta harbiy bazasini yopdi

16 iyul, 11:13 2 138 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH Afg‘onistondagi beshta harbiy bazasini yopdi Vashington va «Tolibon» harakati o‘rtasida tuzilgan tinchlik bitimiga muvofiq AQSHning Afg‘onistondagi beshta harbiy bazasi yopildi. TOLOnews xabarida aytilishicha, bu bazalar Hilmand, Uruzgon, Paktika va Lag‘mon viloyatlarida joylashgan edi.

Joriy yilning 29 fevralida Qatar poytaxti Doxada AQSH va «Tolibon» o‘rtasida tinchlik bitimi imzolandi. Unda Afg‘oniston turmalaridagi 5 ming tolibni ozodlikka chiqarish va xorij qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqish ko‘zda tutilgan.

AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Vashington bitimning birinchi bosqichini bajarganini – askarlari sonini kamaytirganini va beshta harbiy bazani tark etganini ma’lum qildi.

Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni 8600 nafarga tushirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar