“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:05
ЎЗO‘Z

Viruslar o‘zi qanday mavjudot? Ularning laboratoriyalardan sizib chiqishi ehtimoli qay darajada?

15 iyul, 19:31 2 220 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Viruslar o‘zi qanday mavjudot? Ularning laboratoriyalardan sizib chiqishi ehtimoli qay darajada? Foto: Imago/Xinhua
Biologiya va genetika sohasida qator ilmiy izlanishlar muallifi, yozuvchi Baxtiyor Abdug‘afur viruslar tabiati, xususan pandemiyaga sabab bo‘lgan koronavirus mutatsiyasiga oid o‘z qarashlarini bildirdi.

— Tirik va o‘lik materiya o‘rtasidagi chegara – virus. Na o‘lik, na tirik. Qachonki biror organizmga kirib, DNKsiga o‘zining DNK yoki RNKsini ulasagina faoliyatini boshlaydi.

COVID-19'ning mutantlari paydo bo‘ldi, degan fikrlar tarqaldi. Menimcha, unday emas. Uning modifikatsiyalashgan shakli – yangi avlodi paydo bo‘ldi. Mutatsiyada DNK yoki RNKdagi nukleotid asos(lar) o‘zgaradi. Modifikatsiyada unday emas: o‘zida bo‘lgan, lekin ko‘rinmagan xususiyatlarni ko‘rsata boshlaydi. Bu molekular biologiyada «uxlayotgan» genlarning ishga tushib ketishi (ekspressiyasi) deyiladi.

Bu qanday ro‘y berishi mumkin?
Virus qit’alardan oshdi, turli immunitetli odamlarni ko‘rdi, odam immunitetini yengish uchun turli biologik xususiyatlarini ishga soldi. Bundan tashqari, viruslar hujayraga ega bo‘lmagani sababli xo‘jayin-hujayrada o‘zining nusxalarini hosil qiladi. Nusxalarining hosil bo‘lishida ham xo‘jayin-hujayraning qarshiligini yengishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Natijada virus avvalgi shakllariga (ajdodlariga) o‘xshamaydigan avlodlarini hosil qiladi.

Qo‘llanayotgan preparatlarga chidamlilik hosil qilish ehtimoli ham katta. Bu esa virusning mutatsiyasini keltirib chiqaradi.

Ikkinchi to‘lqin deganda mutaxassislar shuni nazarda tutgan bo‘lishi katta ehtimol. Shuning uchun, COVID-19 va shu kabi boshqa ehtimoliy tahdidlar uchun ilmiy asoslangan strategiya va ilmiy guruhlar shakllantirilishi, zamonaviy laboratoriyalar tashkillashtirilishi zamonning talabi ekani oydinlashdi.

Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilishning o‘zi qancha ma’lumot beradi. Birgina misol. 2015 yilda Nature Medicine jurnalida «A SARS-like cluster of circulating bat coronaviruses shows potential for human emergence» («SARS-tipli ko‘rshapalak koronaviruslari to‘plami odamda paydo bo‘lish potensialiga ega») maqolasi e’lon qilingan. Maqola mualliflari ishlayotgan davlatlarga qaralsa, ko‘p narsalar oydinlashadi. Shuningdek, koronaviruslar haqida maxsus tadqiqotlar ham e’lon qilingan. Bunday ilmiy manbalar esa juda ko‘pligi sabab keltirish o‘rinsiz.

Ilm-fan taraqqiyoti davom etarkan, yangidan yangi biologik tahdidlar yuzaga kelaveradi. Chunki boshqa fanlar qatori, molekular biologiya ham o‘z o‘rnida turgani yo‘q. Rivojlanishda boshqa fanlardan o‘tsa o‘tyaptiki, orqada qolmaydi. Virus yoki bakteriyaning yangi shtammini laboratoriyada olish olamshumul ish emas.

«Minimal genom» – hujayraning yashash uchun kerak bo‘lgan genlarini bir DNK zanjiriga joylash ham ish emas. Ilmiy manbalarda qo‘llanmalari (metodika, protokol) minglab topiladi. Bioinformatika esa bir-biriga muvofiq, bir-birini to‘ldiradigan, qo‘llab-quvvatlaydigan genlarni bir joyga jamlashni ham hal qilgan.

Demak, COVID-19’ga o‘xshab ko‘rshapalak yoki boshqa ekzotik hayvonlardan emas, 4-tipdagi biolaboratoriyalardan «yasalgan hujayra» yoki «biomaterial»ning tashqariga sizishiga ham dunyo, shu jumladan, biz ham tayyor turishimiz, xavflarni oldindan ko‘ra bilmog‘imiz shart.




Mavzuga oid yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 172
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar