“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:19
ЎЗO‘Z

AQSH koronavirusga qarshi vaksina sinovining dastlabki natijalarini e’lon qildi

15 iyul, 18:53 4 097 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH koronavirusga qarshi vaksina sinovining dastlabki natijalarini e’lon qildi Foto: Pedro Vilela / Getty Images
Birinchi emlashdan so‘ng barcha qatnashchilarda koronavirusga nisbatan antitana paydo bo‘ldi, ikkinchi emlashdan keyin esa antitanalar miqdori ikki baravarga ko‘paydi.

Moderna kompaniyasi tomonidan koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksinaning birinchi bosqich sinovi uni qabul qilgan barcha ko‘ngillilarda COVID-19ga qarshi antitana paydo bo‘lganini ko‘rsatdi. Bu haqda New England Journal of Medicine nashri ma’lum qildi.

Sinovning dastlabki bosqichida 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 45 nafar sog‘lom ko‘ngillilar ishtirok etdi. Ular 15 kishidan uchta guruhga bo‘lindi va har bir guruh uchun ma’lum dozada vaksina belgilandi. Vaksinatsiya to‘rt haftalik oraliqda ikki marta o‘tkazildi. Birinchi emlashdan so‘ng barcha qatnashchilarda koronavirusga nisbatan antitana paydo bo‘ldi, ikkinchi emlashdan keyin esa antitanalar miqdori ikki baravarga ko‘paydi. Bunda eng kam miqdorda vaksina olganlarda antitanalar miqdori ko‘proq bo‘ldi.

Shu bilan birga, o‘rta miqdorda vaksina olganlarning yarmidan ko‘pida charchoq, titroq, bosh va muskul og‘riqlari kuzatildi. Ikkinchi emlashdan keyin o‘rta miqdorda vaksina qabul qilganlarning 40 foizida harorat ko‘tarildi. Eng ko‘p doza olganlarning uchtasida jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatildi.

«Nojo‘ya ta’sirlar ko‘p», — dedi Dyuk universiteti tadqiqotchisi Toni Mudi.
Shu bilan birga, AQSH allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti tadqiqotchilari sinovda qatnashganlarning aksariyatida nojo‘ya ta’sirlar jiddiy bo‘lmaganligini qayd etdi.

Iyul oxirida vaksinani keng miqyosda sinovdan o‘tkazish boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar