“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 23:56
ЎЗO‘Z

Koronavirus vaksinasi insonlarda sinovdan o‘tkazilmoqda, lekin...

15 iyul, 12:20 5 120 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus vaksinasi insonlarda sinovdan o‘tkazilmoqda, lekin... Foto: «Indystar.com»
Isroillik immunolog, professor Yakov Berkun to‘liq sinovdan o‘tgunga qadar COVID-19 vaksinasini ishlab chiqarish xavfli ekanligidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilarning shoshma-shosharligini epidemiyaning jiddiyligi bilan izohlash mumkin, lekin faqat samarali vaksina yagona to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin, deb yozadi «RIA Novosti».

Shifokorlarning ta’kidlashicha, aksariyat laboratoriyalar vaksinalarni klinik sinovdan o‘tkazishning majburiy uch bosqichini nazarda tutuvchi mavjud qoidalarga amal qilishyapti. «Ba’zida sinovlar parallel ravishda o‘tkazilmoqda, oldingi bosqich natijalarini kutmasdan, keyingisiga o‘tib ketilmoqda», — dedi u. Biroq pandemiyaning jiddiyligi va virusning yuqori tezlikda tarqalishi olimlarni tadqiqot bosqichlarini qisqartirishga undamoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar vaksina ishlab chiqarishda ham to‘g‘ri qaror qabul qilishda tavakkal qilishiga to‘g‘ri keladi. «Dorilarda ham xuddi shunday. Og‘ir kasalliklarda nojo‘ya ta’sirlari ko‘p bo‘lgan dorilardan foydalanamiz. Allergik tumovda esa jiddiy nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqaruvchi dorilarni berishni xohlamaymiz. Chunki kasallikning o‘zi jiddiy emas», — deb izohlaydi Berkun.

12 iyul kuni Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazdi. Umuman olganda, ko‘ngillilar vaksinani yaxshi qabul qilishgan. Vaksina sinovining ikkinchi bosqichi 28 iyulgacha davom etadi. Shundan so‘ng Gamaleya nomidagi ilmiy tadqiqot instituti vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga hujjat topshiradi.

Xususiy kompaniyalar sentabrning boshlarida yoki o‘rtalarida vaksina ishlab chiqarishni boshlaydi. Lekin uni shu zahoti dorixonalardan sotib olishning iloji bo‘lmaydi.

Manba: Xabar.uz
koronavirus, vaksina




Mavzuga oid yangiliklar
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 0
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 38
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • So'nggi yangiliklar
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 0
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 0
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 2
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 22
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 38
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 98
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Bo‘limlar