“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:17
ЎЗO‘Z

Qirg‘iziston prezidentini javobgarlikka tortishni so‘rab prokuraturaga ariza berildi

14 iyul, 23:34 4 374 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘iziston prezidentini javobgarlikka tortishni so‘rab prokuraturaga ariza berildi Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov va yuqori lavozimdagi qator amaldorlarni mamlakatdagi epidemiologik vaziyat uchun javobgarlikka tortishni so‘rab prokuraturaga ariza berildi. Bu haqda respublika bosh prokuraturasiga tayanib "Interfaks" xabar berdi.

"13 iyul kuni mamlakatda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat va kunlik o‘limlar uchun Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov va boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlarni javobgarlikka tortishni so‘rab fuqaro Raushan Aytkulova tomonidan ariza kelib tushdi. Ariza prokuraturada ro‘yxatga olindi", - dedi bosh prokuratura vakili.

Avvalroq Raushan Aytkulova ijtimoiy tarmoqda mamlakat prezidenti jinoiy javobgarlikka tortilishi kerakligini yozgan va impichment uchun imzo to‘plashni boshlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, petitsiyani 2,5 mingdan ortiq kishi imzolagan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 11,5 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 149 kishi kasallikdan vafot etgan.

11 may kuni mamlakatda koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimi bekor qilingandi. Favqulodda vaziyat rejimi esa davom etmoqda. May oxirida Qirg‘izistonda qator cheklovlar olib tashlandi – jamoat transporti faoliyati tiklandi, yozgi qahvaxona va restoranlar ishlashiga ruxsat berildi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi 28 apr, 23:16 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar