“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:34
ЎЗO‘Z

Millionerlar koronavirus sababli o‘zlariga solinadigan soliqni oshirishga chaqirishdi

13 iyul, 22:43 1 949 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Millionerlar koronavirus sababli o‘zlariga solinadigan soliqni oshirishga chaqirishdi AQSH, Britaniya, Daniya, Niderlandiya, Germaniya va boshqa davlatlarda yashovchi 83 nafar millioner o‘z davlatlari hukumatlaridan o‘zlari va boshqa badavlat odamlar uchun soliq miqdorini oshirishni iltimos qilib, ochiq maktub imzoladi. Ularning ta’kidlashicha, soliqlar oshirilishidan olinadigan qo‘shimcha mablag‘lar koronavirusga qarshi kurashga va uning oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltirilishi lozim.

Maktub mualliflarining ta’kidlashicha, pandemiya oqibatlari kelgusida yana yarim milliard kishining nochorligiga, yuz millionlab kishilarning ishsiz qolishiga olib keladi. Bu yerda oddiy xayriya bilan ish bitmaydi, mablag‘lar yig‘ilishi va taqsimlanishi bilan hukumatlar shug‘ullanmog‘i lozim.

“Millionerlar insoniyat uchun” (Millioners for Humanity) deb nom olgan maktubda ta’kidlanishicha, badavlat odamlar uchun progressiv soliq stavkasi kiritish dunyoni “davolash” uchun “o‘ta muhim rolni bajarish”ga imkon beradi.

Biz intensiv terapiya palatalaridagi bemorlar haqida qayg‘urmaymiz. Biz kasallarni shifoxonaga yetkazish uchun tez yordam mashinalarini haydamaymiz. Biz do‘konlarni oziq-ovqat zaxiralari bilan to‘ldirmaymiz va ularni eshikkacha yetkazmaymiz. Biroq bizda pul, juda ko‘p pul bor. Bu pullar hozir va keyinroq juda zarur bo‘ladi”, deyilgan millionerlar murojaatida. Ularning ta’kidlashicha, ular uchun soliqlar oshirilishi “yagona to‘g‘ri tanlov” bo‘ladi.

Bundan tashqari, koronavirus butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash tizimining yetarlicha moliyalashtirilmasligi muammosini ayon qildi. Millionerlar buni ulardagi ortiqcha pullarni olib to‘g‘rilashni taklif qilishmoqda.

Biz bu global kurashning old saflarida ishlayotganlar oldida qarzdormiz. Ko‘plab asosiy ishchilarga ular gardaniga tushgan yukka mos pul to‘lanmaydi. Biz dunyoni kech bo‘lmasdan muvozanatlashtirishimiz lozim. Bunday huquqni olishga boshqa imkon bo‘lmaydi”, deb ta’kidlab o‘tishgan millionerlar.

Ma’lum qilinishicha, maktubni imzolaganlar orasida Uolt Disney vorisi Ebigeyl Disney, biznesmen Jerri Grinfild va “Janob Bin” haqidagi filmlar mualliflaridan biri Richard Kertis bor.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 227
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar