“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:33
ЎЗO‘Z

Armaniston mudofaa vazirligi Ozarboyjon tomoni yana o‘t ochganini xabar qildi

13 iyul, 14:50 2 839 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Armaniston mudofaa vazirligi Ozarboyjon tomoni yana o‘t ochganini xabar qildi Foto: RIA Novosti
Dushanba kuni Ozarboyjon qurolli kuchlari Armaniston harbiylari pozitsiyalarini yana o‘qqa tutdi, deb ma’lum qildi Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan.

"Ikki-uch soatlik tanaffusdan so‘ng raqib Armaniston qurolli kuchlari pozitsiyalariga yana o‘t ochdi. Armaniston tomoni tegishli javob qaytardi. Raqib tomonidan yo‘qotishlar oshishi mumkinligi istisno etilmaydi", - deb yozdi Stepanyan o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Yakshanba kuni Boku va Yerevan bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzish va artilleriyadan foydalanishda ayblagandi.
Ozarboyjon mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari Tovuz tumanida Ozarboyjon pozitsiyalarini artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutgan.

O‘z navbatida Armaniston tomoni Ozarboyjonni chegarani buzishga urinishda aybladi.

Ozarboyjon qurolli kuchlari xizmatchilari bizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra UAZ avtomobilida Tovuz yo‘nalishida davlat chegarasini buzishga urinish amalga oshirdi. Armaniston tomonining ogohlantirishidan keyin raqib harbiylari avtomobilni tashlab, o‘z pozitsiyalariga qaytgan”, deyiladi Armaniston mudofaa vazirligi xabarida.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan chegaradagi vaziyat bois mamlakat xavfsizlik kengashining yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda respublika prezidenti matbuot xizmati. Xabarda aytilishicha, yig‘ilish yopiq rejimda o‘tkazilgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 0
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar