“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:02
ЎЗO‘Z

Armaniston va Ozarboyjon chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

12 iyul, 23:30 3 187 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Armaniston va Ozarboyjon chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi Foto: RIA Novosti
Armaniston va Ozarboyjon chegarada qurolli to‘qnashuv yuz berganini ma’lum qildi. Tomonlar ushbu hodisada bir-birini ayblamoqda. Ozarboyjonning ta’kidlashicha, ikkala tomondan ham yo‘qotishlar bor, Armanistonda faqat raqib kuchlari talafot ko‘rgani ma’lum qilingan.

Bokuda ma’lum qilinishicha, Armaniston qurolli kuchlari chegaraning Tovuz tumanidagi qismida o‘t ochish rejimini buzgan. “12 iyul tush vaqtidan boshlab Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari artilleriya qurilmalaridan pozitsiyalarimizni o‘qqa tutdi. Ikkala tomondan ham yo‘qotishlar bor”, deb ma’lum qilingan Ozarboyjon mudofaa vazirligida. Boku tomonidan 2 harbiy halok bo‘lgan, 5 harbiy yaralangan.

Raqib yo‘qotishga uchradi va chekindi”, deb ma’lum qilingan o‘z navbatida Armanistonda. Yerevanda ta’kidlanishicha, chegara Ozarboyjon tomondan buzilgan.

Ozarboyjon qurolli kuchlari xizmatchilari bizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra UAZ avtomobilida Tovuz yo‘nalishida davlat chegarasini buzishga urinish amalga oshirdi. Armaniston tomonining ogohlantirishidan keyin raqib harbiylari avtomobilni tashlab, o‘z pozitsiyalariga qaytgan”, deyilgan Armaniston mudofaa vazirligi xabarida.

Biroq Yerevanning ta’kidlashicha, shundan keyin Ozarboyjon harbiylari artilleriya qurolidan o‘t ochib, Armanistondagi tayanch punktni egallab olishga harakat qilgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar