“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:56
ЎЗO‘Z

«Qozog‘istonda tarqalgan ‘noma’lum’ pnevmoniya koronavirus bo‘lishi mumkin» — JSST

12 iyul, 16:50 2 928 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qozog‘istonda tarqalgan ‘noma’lum’ pnevmoniya koronavirus bo‘lishi mumkin» — JSST Foto: Tengrinews
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qozog‘istonda tarqalgan «noma’lum» pnevmoniya koronavirus bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.

JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayanning fikricha, mavjud holatlarda «shunchaki noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgan».

Uning qo‘shimcha qilishicha, JSST Qozog‘iston hukumati bilan birgalikda kasallik koronavirus belgilariga mos kelish-kelmasligini o‘rganish maqsadida pnevmoniyaga chalinganlarning rentgen tasvirlarini tekshirmoqda. «Sog‘liqni saqlash organlari soxta salbiy testlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish maqsadida o‘tkazilgan test hamda sinovlar sifatini tekshiradi», — deydi Rayan.

Avvalroq Xitoy ommaviy axborot vositalari Qozog‘istonda «koronavirusdan ham xavfliroq» noma’lum pnevmoniya tarqalgani to‘g‘risida xabar bergandi. Keyinroq mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Olmaota shahri rasmiylari shaharda yaqin kunlarda kuzatilayotgan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) va pnevmoniyaga chalinganlar soni ortganini epidemiya deb qarayotgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Olmaota viloyati hokimi o‘rinbosari va viloyat bosh sanitariya vrachi pnevmoniyadan vafot etgan. JSST noma’lum pnevmoniya tarqalgani haqidagi xabar sababli Qozog‘iston bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 120
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 38
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar