“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:41
ЎЗO‘Z

Tramp ilk bor omma oldida tibbiy niqobda paydo bo‘ldi

12 iyul, 12:30 2 533 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp ilk bor omma oldida tibbiy niqobda paydo bo‘ldi Foto: Chris Kleponis / Consolidated News Photos / Global Look Press
AQSH prezidenti Donald Tramp pandemiya boshlangandan beri ilk bor omma oldida tibbiy niqobda ko‘rinish berdi.
CNN telekanalining xabar berishicha, AQSH rahbari Vashington yaqinidagi Uolter Rid nomidagi gospitalga tashrifi vaqtida niqobda bo‘lgan.

Bu yerda jangovar harakatlar hududlarida yaralangan harbiylar davolanadi. Tramp chap tomonidan zarhal prezident muhri tushirilgan to‘q ko‘k rangdagi niqobda bo‘lgan. Bundan tashqari, uning tansoqchilari ham xuddi shunday niqoblarda bo‘lishgan.

Fikrimcha, niqob taqib yurish ajoyibdir. Men hech qachon niqoblarga qarshi bo‘lmagan, biroq uni taqishning o‘z mavridi va o‘rni bor, deb hisoblayman”, deb aytgan Tramp.

Fikrimcha, siz gospitalda bo‘lganda, ba’zilari endigina jarrohlik stolidan chiqqan ko‘plab askarlar, odamlar bilan suhbatlashganda niqob taqish o‘rinlidir”, deb tushuntirgan niqob taqish qarorini Tramp.

Bungacha AQSH rahbari o‘zi uchun himoya niqobini taqishga hojat ko‘rmayotganini aytgan. U aprel boshida niqob taqishdan bosh tortayotganini bu AQSH prezidenti maqomiga to‘g‘ri kelmasligi bilan tushuntirgan. “Bilasizmi, Oval xonada, ajoyib, buyuk “Rezolyut” stoli (prezidentning ish stoli) ortida o‘tirib niqob taqish va shu bilan birga, prezidentlar, bosh vazirlar, diktatorlar, qirollar, qirolichalarni qarshilash... bilmadim qanday bo‘larkin. Shaxsan menga bu to‘g‘ri kelmaydi”, deb aytgan o‘shanda Tramp.

AQSH prezidenti may oyida niqob taqishdan bosh tortayotganini hech kimga yaqin masofaga yaqinlashmayotgani bilan tushuntirgan. Biroq u Oq uyda undan boshqa hamma niqobda yurishini va ijtimoiy masofaga amal qilishini ta’kidlab o‘tgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar