“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:26
ЎЗO‘Z

Eng boy odamning sobiq rafiqasi AQSHning eng boy ayoliga aylandi

12 iyul, 10:39 3 110 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eng boy odamning sobiq rafiqasi AQSHning eng boy ayoliga aylandi Foto: «Forbes.mirtesen.ru»
Dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzining mol-mulki 62,3 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda «Forbes» jurnali xabar bergan.

Bezos ajrashgandan so‘ng sobiq eri asos solgan «Amazon» kompaniyasining 4 foiz aksiyasini qo‘lga kiritib, AQSHning eng boy ayoliga aylandi. «Amazon» aksiyalari 2 iyuldan 9 iyulgacha — bir haftada 10 foizga qimmatlashdi.

Kompaniya rahbari Jeff Bezosning boyligi 16,2 milliard dollarga ko‘payib, 188,2 milliard dollarga yetdi.

Ajrashgandan so‘ng Makkenzi Bezos eriga tegishli bo‘lgan «Amazon» aksiyalarining chorak qismini qo‘lga kiritdi: o‘sha paytda 36 milliard dollarga baholangandi. Shundan beri kompaniya aksiyalarining qimmatlashishi sharofati bilan uning mol-mulki qariyb ikki baravar ko‘paygan, deb yozadi nashr.

Bezos AQSHning eng boy ayollari ro‘yxatida yetakchilik qilib kelayotgan «Walmart» korporatsiyasi asoschisi Sem Uoltonning qizi Elis o‘rnini egalladi. Nashrning ta’kidlashicha, Makkenzi mol-mulki ko‘pligi bo‘yicha dunyoda faqat «L'Oreal» asoschisining nevarasi Fransuaza Betankur-Mayersdan keyin turadi. Chunki uning boyligi 64 milliard dollarga baholangan.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar