“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 07:16
ЎЗO‘Z

Amitabx va Abxishek Bachchan koronavirusga chalindi

12 iyul, 07:57 3 307 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amitabx va Abxishek Bachchan koronavirusga chalindi Abxishek Bachchan va Amitabx Bachchan / Foto: Getty Images
Mashhur hind aktyori Amitabx Bachchan koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizildi. Shuningdek, uning o‘g‘li, aktyor va prodyuser Abxishek Bachchanda ham koronavirus aniqlangan.

Mening koronavirusga tahlilim musbat chiqdi, shu sababli shifoxonaga o‘tkazildim. Oilam va xodimlarimiz ham tahlillar topshirishdi va natijalarni kutishmoqda. Men bilan oxirgi 10 kun yaqin muloqotda bo‘lganlar, iltimos, siz ham tahlil topshiring!”, deb yozgan 77 yoshli aktyor Twitter’da.

Shundan bir necha soat o‘tib 44 yoshli Abxishek Bachchan ham koronavirusga chalinganini ma’lum qilgan. U ham yengil alomatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Uning ta’kidlashicha, vahima qilishga sabab yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va barcha muxlislar ota-bola aktyorlarga tezroq sog‘ayib ketishni tilab qolishgan.

Bollivud afsonasi Amitabx Bachchan 180 dan ko‘proq filmda suratga tushgan. Aktyor “hind Oskari” deb ataluvchi Filmfare Awards mukofotining 15 karra sovrindori hisoblanadi. Bundan tashqari, u 14 yildan beri “Kim millioner bo‘lishni istaydi?” teleshousining hind variantiga boshlovchilik qiladi va BMTning ko‘ngilli vakili hisoblanadi.

Avvalroq Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda AQSH va Braziliyadan keyin 3-o‘ringa chiqib olgani ma’lum qilingandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda virusga chalinganlar soni 850 mingdan oshib ketdi, undan vafot etganlar soni 22 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining ahvoli haqida ma’lumot berildi 20 мая, 06:00 1
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 161
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 34
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 182
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 121
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 432
  • So'nggi yangiliklar
  • Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining ahvoli haqida ma’lumot berildi 20 мая, 06:00 1
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 160
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 38
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 37
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 34
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 182
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 121
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 57
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 54
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 29
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 432
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 107
  • Bo‘limlar