“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:54
ЎЗO‘Z

Hindistonda brilliantlar bilan bezatilgan himoya niqoblari sotuvga chiqdi

11 iyul, 15:47 3 064 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hindistonda brilliantlar bilan bezatilgan himoya niqoblari sotuvga chiqdi Foto: aninews.in
Hindistonning Surat shahridagi (Gujorat shtati) zargarlik do‘koni koronavirus pandemiyasi fonida brilliantlar bilan bezatilgan himoya niqoblari sotuvini yo‘lga qo‘ydi. Ularning narxi 2 mingdan 5 ming dollargacha, deb xabar berdi ANI agentligi.

Do‘kon egasi Dipak Choksining aytishicha, brilliantlar qadalgan niqoblar tayyorlash g‘oyasi to‘yi bo‘lishi kerak bo‘lgan xaridor do‘konga kelganidan keyin paydo bo‘lgan. U do‘kon egasidan kelin va kuyov uchun "noyob" niqob tayyorlab berishini so‘ragan.

"Dizaynerlarimiz tayyorlagan niqob unga ma’qul bo‘ldi va sotib oldi. Shundan keyin ana shunday niqoblar tayyorlashga kirishdik. Tayyorlanishida sariq oltin va amerika brilliantlari ishlatiladigan niqoblarimiz 150 ming rupiy (1990 dollar) turadi. Oq oltin va haqiqiy brilliantlardan tayyorlangan niqoblarimiz narxi 400 ming rupiy (5,3 ming dollar)", - deydi Choksi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, niqoblardagi brilliant va oltinni mijoz ixtiyoriga ko‘ra chiqarib olish va ulardan boshqa zargarlik buyumi tayyorlash mumkin. Avvalroq Maxarashtra shtatida yashovchi Shankar Kurade qariyb to‘rt ming dollarga oltin niqob tayyorlatgandi.

Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, mamlakatda 800 mingdan ortiq kasallanish holatlari aniqlangan, 22 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 2
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 116
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 81
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 334
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar