“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:54
ЎЗO‘Z

Germaniya hukumatida Misrga ishlovchi josus fosh qilindi

10 iyul, 23:04 2 371 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Germaniya hukumatida Misrga ishlovchi josus fosh qilindi Germaniya hukumati matbuot xizmatida ishlagan erkak bir necha yil davomida Misr razvedkasiga ma’lumotlar berib turgan.
Josus 2019 yil dekabrda Germaniya hukumatining matbuot va axborot boshqarmasida aniqlangan. Bu haqda Konstitutsiyani muhofaza qilish federal boshqarmasining 2019 yil uchun hisobotida aytilgan.

Erkak bir necha yil davomida Misr razvedkasiga ishlagan. Hozir bu holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Nemis huquq-tartibot idoralarining ta’kidlashicha, Misr maxfiy xizmatlari Germaniyada yashovchi vatandoshlarni yollashga harakat qiladi.

Prokuratura Bild nashriga bunday tergov olib borilayotganini tasdiqlagan. Qo‘lga olingan josus aynan qanday ma’lumotni bergani noma’lum. Biroq nashrning taxminicha, u Germaniyada ishlovchi misrlik jurnalistlar haqida ma’lumotlarni to‘plagan. Gap boshqarmaning tashrif buyuruvchilar bilan ishlash xizmatining o‘rta martabali xodimi haqida bormoqda.

Hisobotga ko‘ra, Germaniyada Misrning ikkita razvedka xizmati – Umumiy razvedka xizmati (General Intelligence Service, GIS) va Milliy xavfsizlik xizmati (National Security Service, NSS) harakat qiladi. Ularning asosiy vazifasi “Musulmon birodarlar” harakati yoki koptlar xristian jamiyati a’zolari kabi Misr muxolifatining Germaniyada yashovchi tarafdorlari haqida ma’lumot to‘plashdan iborat.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 1
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar