Xitoyning Qozog‘istondagi elchixonasi yangi kasallik haqida qat’iy ogohlantirish bilan chiqdi. Elchixona Qozog‘istonda bo‘lib turgan Xitoy fuqarolaridan ehtiyot bo‘lishni so‘ragan.
Xabarda aytilishicha, Atirau va Oqto‘ba viloyatlari, shuningdek, Chimkent shahrida COVID-19 dan ham xavfliroq noma’lum turdagi zotiljam (pnevmoniya) kasalligi avj olmoqda. Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yarim yillikda Qozog‘istonda pnevmoniyadan 1772 nafar, bunda faqatgina iyun oyida 628 nafar odam vafot etgan.