“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:31
ЎЗO‘Z

Chernogoriya: O‘zbekiston fuqarolarini davlatga kirishiga ruxsat etildi

09 iyul, 11:13 2 706 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chernogoriya: O‘zbekiston fuqarolarini davlatga kirishiga ruxsat etildi Foto: Youtravel
Chernogoriya Jamoat sog‘liqni saqlash instituti COVID-19 cheklovlarisiz mamlakat hududiga kira oladigan xorij davlatlari fuqarolarining yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.

Ro‘yxatga Belarus, Ukraina, Tojikiston, O‘zbekiston va Gruziya kiritilgan. Tivat shahriga Belarusdan amalga oshiriladigan birinchi charter reys 10 iyulda parvoz qiladi.

«Chernogoriya yuzdan ortiq davlatlarning fuqarolari uchun 1 iyundan boshlab chegaralarini ochgan, ammo Belarus mazkur ro‘yxatga kirmagan edi. Biz COVID-testlarning ‘manfiy’ javobisiz Chernogoriyaga borishga ruxsat berilishini kutgandik va parvoz dasturi bir necha marta bekor qilingandi. Lekin endi barchasi o‘zgardi va reyslar har kuni amalga oshiriladi», — deydi Belarusdagi mahalliy turoperator direktori Ruslan Segenyuk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorda talab yuqori eng birinchi reys to‘lib bo‘lgan, bo‘sh joylar qolmagan. 11 va 12 iyulda parvozlarni amalga oshiradigan samolyotlar 50 foizga to‘lgan.

Bir haftalik sayohat narxi ikki kishi uchun 830 yevrodan boshlanadi. Chernogoriya — Minskdan charter reys orqali sayohat qilish mumkin bo‘lgan to‘rtinchi mamlakat. Avval Belarus fuqarolari uchun Albaniya (Tirana), Turkiya (Antaliya va Izmir), Misr (Xurgada va Sharm-al-Shayx) davlatlariga sayohat qilish imkoni yaratilgandi.

25 mayda Chernogoriya koronavirusni yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylangan, bir oydan keyin, 27 iyunda esa mamlakatda yana qat’iy karantin rejimiga qaytilgani haqida xabar berilgan. Yevroittifoq 1 iyuldan boshlab tashqi chegaralarini ochgan 14 ta mamlakat ro‘yxatiga Chernogoriya ham kiritilgan.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar