“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:22
ЎЗO‘Z

Trampning jiyani o‘z kitobida prezident amakisi haqidagi sirlarni oshkor qildi

08 iyul, 10:30 3 051 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Trampning jiyani o‘z kitobida prezident amakisi haqidagi sirlarni oshkor qildi AQSH prezidenti Donald Trampning jiyani Meri Tramp o‘z kitobida amaldagi prezident yoshligidan odamlarni aldashga va ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga tayyorlikni namoyish qilgani va hattoki universitetga kirish imtihonlarini uning o‘rniga boshqa odam topshirgani haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Donald Tramp haqidagi bu va boshqa ma’lumotlar Meri Trampning “Juda ko‘p va hamisha oz: mening oilam qanday qilib dunyodagi eng xavfli odamni yaratdi” (Too Much And Never Enough: How My Family Created the World's Most Dangerous Man) deb nomlangan xotiralar kitobida keltirilgan. Kitob 14 iyulda sotuvga chiqariladi, biroq OAV hozirdayoq undan parchalarni keltirib o‘tmoqda.

U [Donald Tramp] uchun yolg‘on, avvalambor, atrofdagilarni u aslidagidan yaxshiroq ekaniga ishontirish usuliga aylangan”, deb kitobdan parcha keltirgan Washington Post nashri.

Meri Trampning ta’kidlashicha, Donald Trampning butun bolalik davrida u uchun uy vazifalarini opasi Merienn bajarib kelgan, “bo‘lg‘usi prezident Pensilvaniya universitetiga kirishga qaror qilganda esa imtihonlarni yaxshi topshirishi bilan nom qozongan Jo Shapiro ismli aqlli yigitning ko‘magidan foydalangan”. Pul borasida hech qachon muammoga ega bo‘lmagan Donald bu “ko‘mak” uchun unga pul to‘lagan. Vaholanki, Tramp Pensilvaniya universiteti moliya maktabiga o‘zining “genialligi” evaziga o‘qishga kirganini takrorlab keladi.

Bundan tashqari, Trampning jiyani uni sotsiopat (odamlar huquqlarini inkor etuvchi, jamiyat me’yorlariga rioya qilishni istamaydigan kishi) deb atagan va kalondimog‘lik hamda beadablikda ayblagan. Uning ta’kidlashicha, prezidentdagi bu yomon illatlar Trampning otasi – Fred Tramp bergan tarbiya natijasi hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, Trampning jiyani kitobda otasi o‘limida o‘z amakisi Donald Trampni va bobosini ayblagan.
Prezidentning o‘zi hozircha jiyanining kitobiga hech qanday munosabat bildirmagan, biroq uning matbuot kotibi uni “yolg‘onlar to‘planmasi” deb atagan.

Bu negizida hech qanday haqiqat bo‘lmagan ajablanarli va bema’ni ayblovlardir”, deb izoh bergan kitobga Trampning matbuot kotibi Keyli Makinani.

Meri Tramp Donald Trampning akasi, 1981 yilda yurak xurujidan keyin vafot etgan Kichik Fred Trampning qizi hisoblanadi.
Ta’kidlab o‘tish joiz, avvalroq sud kitobning chop etilishini taqiqlagan, biroq hakamlik sudi bu qarorni bekor qilgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar