“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:07
ЎЗO‘Z

Olimlar yaqin yillar ichida yangi turdagi koronavirus paydo bo‘lishini prognoz qilmoqda

07 iyul, 18:45 3 942 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar yaqin yillar ichida yangi turdagi koronavirus paydo bo‘lishini prognoz qilmoqda Yaqin o‘n yillikda hayvondan insonga yuqishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus turi paydo bo‘ladi, biroq uning qanchalik jiddiy xavfga aylanishini hozircha oldindan aytish mushkul. Bu haqda singapurlik olimlarga tayanib, The Straits Times’ xabar berdi.

«Yangi turdagi koronavirus tarqalishini aniq kutish kerak», — deydi Singapur Milliy universiteti qoshidagi yangi yuqumli kasalliklar dasturi rahbari, professor Van Linfa. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qachon sodir bo‘lishi va qanchalik jiddiy tus olishi borasida noaniqlik mavjud.

Professorning ta’kidlashicha, olimlar SARS-CoV-2 insonlardan hayvonlarga, biroz vaqt o‘tib yana teskari yo‘nalish bo‘ylab tarqalishi mumkinligidan xavotirda.

2013 yilda MERS (Yaqin Sharq respirator sindromi) aniqlanganidan so‘ng olimlar yaqin yillar ichida virusning yangi turi paydo bo‘lishini, Janubiy Amerikada vaziyat og‘ir tus olishini oldindan aytgan edi. Hozirda Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 1,6 million kishidan oshmoqda. Linfaning qayd etishicha, ko‘plab joylarda yashaydigan ko‘rshapalaklardan kasallikning qayta tarqalish ehtimolligi eng pessimistik qarashlardan biri hisoblanadi.

Shu bilan birga, So Svi Xok nomidagi Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi rahbari o‘rinbosari Aleks Kukning ta’kidlashicha, ayni vaqtda koronavirus bilan kasallanganlar soni rasmiy ko‘rsatkichlardan 10 barobar ko‘p bo‘lishi mumkin.

«Olimlar aniq raqamlarni ayta olmaydi, chunki ko‘plab bemorlarda kasallik belgisiz o‘tmoqda», — deydi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buni aniqlashning yagona usuli — antitanachalar uchun tahlil topshirish.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar