“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:53
ЎЗO‘Z

«Yaxshi va yomon»: pandemiyadan keyingi dunyo uchun ikki ssenariy

07 iyul, 15:13 3 057 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Yaxshi va yomon»: pandemiyadan keyingi dunyo uchun ikki ssenariy Foto: «EADaily»
«Aftonbladet»da BMT rahbari Antoniu Guterrishning maqolasi chop etildi. Bosh kotib dunyo pandemiyadan faqat ikki yo‘l bilan chiqishi mumkinligini ta’kidladi.

Antoniu Guterrish. Foto: «Reuters»
Guterrish, kelajakni oldindan ko‘rib bo‘lmasligiga ishora qilgan holda, pandemiyadan keyingi dunyo qanday bo‘lishi ikki xil ssenariy rivojlanishiga bog‘liqligini aytdi: yaxshi va yomon.

«Yaxshi ssenariy»
Mamlakatlar hozirgi vaziyatdan chiqib keta olishni uddalashi, tiklanish bo‘yicha muvaffaqiyatli reja ishlab chiqilishi, rivojlanayotgan mamlakatlarga yetarlicha yordam berilishi jarayon «yaxshi ssenariy» bo‘yicha ketayotganini anglatadi.

Ayni shu yo‘nalishda ketilsa yaqin to‘qqiz oy ichida koronavirusga qarshi samarali va hammabop vaksina ishlab chiqilishida qo‘l kelgan bo‘lardi, dedi Bosh kotib.

«Shunday bo‘lgan taqdirda va iqtisodiyot muntazam tiklanib boraversa, biz kerakli yo‘nalishda harakatlanishni boshlaymiz, yaqin ikki-uch yil ichida oldingidek holatga qaytishimizga ishonsak bo‘ladi», — dedi Guterrish.

Biroq, ikkinchi — «yomon ssenariy» ham bor.

«Yomon ssenariy»
Mamlakatlar epidemiyaga qarshi birlashmasligi, virusning yangi-yangi o‘choqlari paydo bo‘laverishi, vaksina chiqishi kechikib ketishi yoki uni faqat «boy» mamlakatlar olishi — «yomon ssenariy».

«Bu yo‘sinda ketilsa segregatsiya (ayirmachilik), populizm va ksenofobiya (betoqatlik) o‘sishiga guvoh bo‘lamiz. Har bir mamlakat o‘z yo‘lidan ketadi yoki ayrim maqsadlar yo‘lida koalitsiyalarga bo‘linib oladi», — dedi Bosh kotib.

Guterrish umidsiz ssenariy ortidan besh-yetti yilga cho‘ziluvchi global inqirozni ko‘rmoqda.

Eng qiyini, dunyo qayoqqa ketayotganini hozir tushunish mushkul. Ammo birinchi ssenariy amalga oshishi uchun bor imkoniyatni ishga solish kerak, ikkinchi ssenariyga tadorikni ham unutmaslik zarur, deydi Guterrish.

Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder ma’lumot berishicha, 2020 yil o‘rtasiga kelib, koronavirus oqibatida jahonda 400 mln. kishi ishsiz qolgan — bu 2008 yilgi iqtisodiy inqiroz davridagidan o‘nlab karra ko‘pdir. Tashkilotning bugun boshlanib 9 iyulgacha davom etadigan sammitida ayni shu muammoga yechim qidiriladi.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 136
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 274
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar