“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:10
ЎЗO‘Z

Koronavirus yana bir yulduzni so‘ndirdi

06 iyul, 10:57 7 692 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus yana bir yulduzni so‘ndirdi Foto: «TASS/EPA/Jason Szenes»
Kuni kecha Los-Anjelesda bir necha oy COVID-19 asoratlariga qarshi kurashib kelgan Amerika myuzikllar yulduzi, 41 yoshli kanadalik aktyor Nik Kordero vafot etdi. Bu haqda bugun, ya’ni 6 iyul kuni «Daily Star» gazetasi xabar berdi.

«Ardoqli turmush o‘rtog‘im vafot etdi», — deb yozgan Korderoning rafiqasi Amanda Kluts.
U virusni yuqtirib olgandan so‘ng 95 kun davomida aktyorni qo‘llab-quvvatlagan muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.

Aktyor 31 mart kuni nafas olishga qiynalish va dastlabki pnevmoniya tashxisi bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. COVID-19 ga topshirgan birinchi va ikkinchi testlari manfiy, uchinchisi esa musbat chiqqan. Ikki haftadan so‘ng Korderoning sog‘ligi sezilarli yomonlashgan.

U kutilmaganda hushidan ketgan. Shifokorlar uni jonlantirishiga to‘g‘ri kelgan. So‘ngra koronavirus infeksiyasini davolash chog‘ida tromblar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida tibbiyot xodimlari qon ivuvchanligini yaxshilash uchun qonni suyultiruvchi preparatlarni qo‘llay boshlashgan. Natijada Korderoning ichaklarida ichki qon ketish kuzatilgan. Aktyorga bunday dori-darmonlarni berish to‘xtatilgandan keyin esa o‘ng oyog‘ida yana tromb yuzaga kelgan. Oxir-oqibat, oyog‘ini kesib tashlashga majbur bo‘lishgan.

Nik Kordero Brodvey sahnasida ilk bor 2014 yili «Brodvey uzra o‘qlar» spektaklida paydo bo‘lgan. Myuzikldagi Chicha roli uchun «Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida nufuzli «Toni» teatri mukofotiga nomzod bo‘lgan. Kordero «Haqiqiy yigitlar», Mob Town filmlarida suratga tushgan va CBS telekanalida «Moviy qon» serialida rol ijro etgan.

9 aprel kuni «To‘qqizinchi darvoza» filmidagi roli bilan tanilgan amerikalik aktyor Allen Garfild koronavirus tufayli 80 yoshida vafot etgani ma’lum qilingandi.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar