“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 09:36
ЎЗO‘Z

Masjidmi yo cherkov? Turkiya va AQSH o‘rtasida yana bir diplomatik ziddiyat yuzaga keldi

05 iyul, 20:50 5 245 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Masjidmi yo cherkov? Turkiya va AQSH o‘rtasida yana bir diplomatik ziddiyat yuzaga keldi Istanbulning asosiy ramzi sanalgan Avliyo Sofiya (Ayasofya) obidasi muzeydan masjidga aylantirilishi kutilmoqda. Mazkur masalani ko‘rib chiqqan Turkiya davlat kengashi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan muzeyning masjidga aylantirilishi mumkinligini istisno etmagan. Bu boradagi yakuniy qaror ikki hafta ichida e’lon qilinadi.

Kengash Turkiya prezidenti tashabbusini yoqlasa, 15 asrlik tarixga ega Avliyo Sofiya obidasi hududida 15 iyul kuni ilk jamoat namozi ado etilishi mumkin.

Mazkur inshoot Istanbulning Sultonahmad mavzesida, Bosfor sohilida qad rostlagan. Ibodatxona haqidagi ilk ma’lumotlar milodning 300-yillariga borib taqaladi. Ammo yong‘inlar tufayli nasroniy cherkovi vayron bo‘lgan. Vizantiya imperatori Yustinian 537 yilda vayrona o‘rnida ulkan ibodatxona barpo etgan. Solnomalarga ko‘ra, ibodatxona qurilishiga Vizantiya imperiyasining 3 yillik boj-xiroji sarflangan.

1453 yilda Istanbul sulton Muhammad Fotih tomonidan fath etilgach, Avliyo Sofiya ibodatxonasi masjidga aylantirilgan. Usmoniylar davrida obida tegrasida minoralar barpo etilgan. Shu tariqa ko‘hna obida 500 yil davomida musulmonlar xizmatida bo‘ldi. 1935 yilda zamonaviy Turkiya yetakchisi Mustafo Kamol Otaturk ko‘hna masjidni muzeyga aylantirish haqida farmon qabul qildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2019 yil mart oyida Avliyo Sofiya muzeyi masjidga aylantirilishi haqida gapirgan. Bu AQSH tomonidan Quddus shahri Isroil poytaxti deb tan olinishiga javob ekani xabar qilingan.
Joriy yi 5 iyunda esa Turkiya yetakchisi o‘z yordamchilariga muzeyni masjidga aylantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergan.

Muzeyni masjidga aylantirish rejasi G‘arb mamlakatlari tomonidan iliq kutib olinmadi. Xususan, AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Avliyo Sofiya muzey bo‘lib qolishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan.
Turkiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy Vashingtonning mazkur bayonotiga keskin e’tiroz bildirdi.

Ta’kidlanishicha, Avliyo Sofiya turk zaminida joylashgan boshqa tarixiy osori atiqalar kabi Turkiya mulki sanaladi va ularni qanday tasarruf etish borasida Anqara boshqa davlatlardan fikr so‘rab o‘tirmaydi. Jumladan, Avliyo Sofiya obidasini masjidga aylantirish masalasi ham mamlakatning ichki ishidir.

«Albatta, har kim fikr aytish huquqiga ega. Ammo suveren huquqlarimiz xususida gap borar ekan, hech bir davlat «biz da’vat etamiz», «biz talab qilamiz» qabilida so‘zlashga haqli emas» deyiladi TIV bayonotida.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 1
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Bo‘limlar