“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:18
ЎЗO‘Z

Koronavirus: Eronda ayanchli rekord yangilandi

05 iyul, 17:00 4 007 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus: Eronda ayanchli rekord yangilandi Foto: «Imp-navigator.livejournal.com»
Eronda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi: bir kecha-kunduzda 163 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Sima Sadat Lari ma’lum qilgan.

Bundan oldingi antirekord 29 iyun kuni qayd etilgandi — o‘shanda 162 kishi vafot etgan.
«IRINN» telekanali efirida sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ta’kidlashicha, o‘tgan bir kecha-kunduzda 2560 kishida koronavirus aniqlangan, 163 kishi olamdan o‘tgan.

19 fevralda hukumat tomonidan birinchi marta COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqidagi xabar e’lon qilingandan beri umumiy kasallanganlar soni 240 438 kishiga yetgan, ulardan 11 571 nafari vafot etdi. Shu paytgacha 201 330 kishi tuzalgan.

14 iyun kuni Eronda ikki oydan ortiq vaqt davomida ilk bor koronavirus tufayli 100 dan ortiq o‘lim qayd etildi. Bunday ko‘rsatkich oxirgi marta 13 aprelda qayd etilgandi.

Iyun oyining boshlarida Eronda karantin qoidalari yumshatilib, ommaviy yig‘ilishlar ko‘paygandan so‘ng koronavirus tarqalishi avj oldi.
Epidemiologik vaziyat yomonlashishi munosabati bilan Eron hukumati 5 iyuldan mamlakatning koronavirus keng tarqalgan hududlarida, jamoat joylarida va yopiq xonalarda niqob taqishni majburiy qilib qo‘ydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar