“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:28
ЎЗO‘Z

Amerikalik diplomatlar koronavirus sababli Saudiya Arabistonini tark etmoqda

05 iyul, 12:50 2 297 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikalik diplomatlar koronavirus sababli Saudiya Arabistonini tark etmoqda Foto: TASS/Valeriy Sharifulin
Amerikalik diplomatlar Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinish holatlari tobora ko‘payayotgani sababli podshohlikni o‘z oilalari bilan birga tark etishmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, diplomatlarning bir qismi mamlakatni 4 iyulda tark etgan. Yaqin orada Saudiya Arabistonini yana bir necha o‘nlab diplomatlar tark etishi kutilmoqda.

WSJ’ning xabar berishicha, AQSH elchixonasining kamida 30 xodimida koronavirus aniqlangan. Ulardan ko‘pchiligi AQSH fuqarolari bo‘lmay, mart oyidan beri masofadan ishlashgan.

Ta’kidlanishicha, iyunda AQSH kongressi vakillar palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi go‘yoki noma’lum kishidan Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyat borasida xavotir bildirilgan maktub olgan. Shu sababli AQSH davlat departamenti o‘z diplomatlariga podshohlikni tark etishga ruxsat bergan.

Bir qator amerikalik diplomatlar ham Saudiya Arabistonidagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirgan va Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligi har kuni yangi kasallanish holatlari haqida xabar qilayotganiga qaramay, podshohlik hukumati yangi kasallanish holatlari sonini kamaytirib ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni 205 mingdan ko‘proqni, undan vafot eganlar soni 1858 nafarni tashkil qilmoqda. Bu orada AQSHda kasallanganlar soni 15 marta ko‘proqni tashkil qilib, 3 mlnga yaqinlashib qoldi, virus qurbonlari soni 132 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar