“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:17
ЎЗO‘Z

Nur-Sultonda Nursulton Nazarboyev haykali ochildi

04 iyul, 06:30 2 426 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nur-Sultonda Nursulton Nazarboyev haykali ochildi Kecha, 3 iyul kuni Qozog‘iston poytaxtida mamlakat Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga atab o‘rnatilgan haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Kazinform» manbasiga asoslanib «Dunyo» AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, marosimda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev onlayn tarzda ishtirok etgan.

Davlat rahbari o‘z nutqida, Nursulton Nazarboyevni mamlakatning strategik yo‘lini belgilab bergan va xalqni jipslashtirgan, zamonaviy Qozog‘iston asoschisi, deya ta’rifladi.

«Tinchlik va barqarorlik, farovonlik va birlik – bu Elboshi siyosati samarasidir. Har bir davlat tarixida o‘zidan beqiyos iz qoldirgan noyob shaxslar bo‘ladi. O‘sib kelayotgan avlod oldidagi burch – ularning xizmatlarini qadrlash va hurmat qilishdan iborat», – dedi Prezident.

Yodgorlik Milliy mudofaa universiteti oldida, yaqinlashib kelayotgan yubiley sana – 6 iyul kuni Nursulton Nazarboyev 80 yoshga to‘lishi arafasida o‘rnatildi. Shuningdek, 6 iyul kuni mamlakatda poytaxt kuni sifatida davlat miqyosida keng nishonlanadi.

Qayd etish kerak, Elboshiga atab Qozog‘istonning boshqa shaharlari va xorijda yodgorliklar o‘rnatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar