Foto: Aydos Ukibayning tvitter sahifasi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzalib chiqdi. Bu haqda elboshining matbuot kotibi Aydos Ukibay tvitter sahifasida ma’lum qildi.
«Menda yaxshi xabar bor. Elboshining bugungi testi manfiy natijani ko‘rsatdi. Shifokorlarning tavsiyalariga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimini saqlab turishni davom ettiradi, masofadan turib ishlaydi va toza havoda yurishga vaqt ajratadi», deb yozgan matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, ikki hafta muqaddam Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevda koronavirus qayd etilgani xabar qilingandi.