“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:23
ЎЗO‘Z

Putinning prezidentlik muddatlari «nullashtirildi»

02 iyul, 10:22 4 817 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putinning prezidentlik muddatlari «nullashtirildi» Foto: EPA/UPG
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14 mart kuni Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqlagandi.
Konstitutsion sud ham «o‘zgarish»ni qonuniy deb topganidan so‘ng, Rossiyada referendum hammasini uzil-kesil hal qilishi ma’lum bo‘lgandi.

Referendum o‘tkazildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 78 foizi tomonidan Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish qo‘llab-quvvatlangan. 21 foiz ishtirokchi qarshi ovoz bergan. Butun Rossiya bo‘ylab ushbu siyosiy jarayonda saylovchilarning 65 foizi qatnashgan.

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilgani nimani anglatadi?
Avvalo, Rossiya Federatsiyasining amaldagi prezidenti Vladimir Putinga nazariy jihatdan Kremlda yana uzoq vaqt qolish imkoniyatini beradi. Yigirma yildan beri rus davlati tepasida turgan Putin hammasini «nuldan» boshlashi mumkin: xususan, 2024 yilda ham o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘ya oladi. Ayrim ekspertlar esa Kremlning 67 yoshli rahbari Rossiya prezidenti lavozimida 2036 yilgacha qolishi mumkin deyishmoqda — o‘shanda Putin 83 yoshini qarshi olgan bo‘ladi.

Prezidentlik muddati bilan bir qatorda, konstitutsiyaga kiritilayotgan boshqa o‘zgarishlar ham borki, bular davlat rahbari, hukumat a’zolari, davlat amaldorlariga qo‘yilayotgan talablar «yangilanayotganidan» darak beradi. Bu rahbarlarning barchalari zimmasiga davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy kafolatlari yuklatiladi. Prezident vakolatlari doirasi ancha o‘zgaradi, mamlakatda hukumatning asosiy va qariyb yagona «jilovi» aynan davlat rahbari qo‘liga o‘tadi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bundan buyon federal hududlarning markaz tomonidan boshqarilishini yanada kuchaytiradi, rus tiliga mamlakatdagi asosiy til maqomini beradi. Qator idoralar vakolatlari kengaytiriladi. Rossiyadagi xalklar madaniyatlarining o‘ziga xosligi tan olinishi bilan birga, chet ellardagi vatandoshlar huquqlari himoya qilinishini ham ko‘zda tutadi. Rossiyada konstitutsiya xalqaro huquq normalaridan ustun turuvchi maqomga ega bo‘ladi.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar