“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:37
ЎЗO‘Z

Bill Geyts insoniyatni koronavirusga qarshi emlash haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi

28 iyun, 16:55 2 689 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bill Geyts insoniyatni koronavirusga qarshi emlash haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi Foto: Getty Images
Microsoft asoschisi, dunyoning 2-raqamli eng boy odami Bill Geyts CNN telekanaliga bergan intervyusida hozirda koronavirusdan ishlab chiqilayotgan vaksinalar uning yuqishining ideal tarzda oldini olishiga kafolat yo‘qligini aytdi.

Biroq uning aytishicha, eng jiddiy muammo vaksinani ishlab chiqish va uni tarqatish emas, balki odamlarni u bilan emlashga ko‘ndirish bo‘ladi.
Sizda tanlov bo‘ladi: vaksinaga rozi bo‘lish yoki yo‘q. Aynan shu oxirgi to‘siq bo‘ladi”, deb aytgan Geyts. Biroq uning ta’kidlashicha, aksariyat odamlar emlashga rozi bo‘ladi.

Milliarder vaksinaning ishlab chiqilishi xususida to‘xtalib, uni yaratayotgan mutaxassislar ikkita ko‘rsatkichga tayanishlarini aytdi: birinchidan, vaksina emlanayotgan odamda virus yuqishining oldini qanday oladi, ikkinchidan, u virusning boshqa odamlarga yuqishiga qanday to‘sqinlik qiladi.

Geytsning ta’kidlashicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat dunyoda va xususan AQSHda u kutganidan “yomonroq”.

Milliarder AQSHda kasallanganlar sonining ko‘payotganini yetarlicha testlash o‘tkazilmayotgani, kasalga chalinganlar kimlar bilan muloqot qilganlari ortidan yomon kuzatilayotgani va aholi orasida niqoblar ishlatilishi darajasi pastligi bilan bog‘lagan. Uning ta’kidlashicha, bu vazifani samarali uddalagan boshqa davlatlarda kasallanish holatlari kamaygan.

AQSHda odamlar hozirda o‘zini bu holatda turlicha tutmoqda: kimdir vaziyatga eskicha yondashmoqda, kimdir epidemiyani rad etmoqda. Boshqalar esa yuz berayotgan vaziyatni siyosiy narsadek qabul qilmoqda va bu juda qayg‘ulidir. Mening do‘stim, Shimoliy Dakota gubernatoriga hattoki “Iltimos, niqob taqib yurganlarga yomon munosabatda bo‘lmang”, deyishiga to‘g‘ri keldi”. Bu shunchaki miyani portlatadi”, deb aytgan Geyts.

Tadbirkor AQSHning dunyoda koronavirus muammosini hal qilishda yetarlicha yetakchilik qilmayotganidan afsus bildirgan va buning oqibatida kasallikning og‘ir yuki Braziliya va Hindiston kabi rivojlanayotgan davlatlar gardaniga tushayotganini aytgan.

Biroq Geyts AQSH hali bo‘lsam ham faollashib, vaksinaning butun dunyoga tarqatilishida yordam berishiga umid bildirishini aytgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar