“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:22
ЎЗO‘Z

Uhan yoki Kung-flyu: Tramp koronavirusga yangi nomlar taklif qildi

24 iyun, 12:15 2 043 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uhan yoki Kung-flyu: Tramp koronavirusga yangi nomlar taklif qildi AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus tarqalishi Xitoydan boshlanganiga navbatdagi marta e’tibor qaratib, virusga yangi nomlar taklif qildi. Tramp bu haqda Arizona shtatidagi saylovoldi mitingda aytib o‘tdi.

Bizda epidemiyagacha hammasi yaxshi edi va epidemiyadan keyin yana hammasi yaxshi bo‘ladi. Men virus uchun 19 ta yoki 20 ta nom taklif qilishim mumkin. “Uhan” esda qoladigan bo‘lgandi. Yoki misol uchun, “Kung-flyu” [Xitoy jang san’ati kung-fuga so‘z o‘yini, flyu inglizchada “gripp”ni anglatadi]. COVID-19. Men “19 nima degani?” deb so‘ragandim. Ba’zi odamlar COVID-19 nima ekanligini tushuntirib berisha olmaydi. Bu g‘alati nom. Kimdir virusni “Xitoy grippi” deb atamoqda. Biroq nima bo‘lganda ham, biz pandemiyadan keyin har qachongidan kuchliroq bo‘lamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

Ta’kidlanishicha, AQSH prezidenti namoyishda pandemiya bilan bog‘liq holda Xitoyni bir necha marta tilga olgan.
Trampning fikricha, Xitoy koronavirus pandemiyasi boshlanishiga javobgar hisoblanadi. Vashington Pekinni koronavirus kelib chiqishi va uning tarqalishi ko‘lamlari haqidagi ma’lumotni yashirishda ayblab kelmoqda.

Avvalroq AQSH prezidenti koronavirus tarqalishi manbasi Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriya bo‘lganiga ishonchi komilligini aytgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar