“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:53
ЎЗO‘Z

Tramp uyg‘urlarga tazyiq o‘tgazgan xitoylik mansabdorlarga sansiya qo‘llashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

18 iyun, 09:09 2 119 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp uyg‘urlarga tazyiq o‘tgazgan xitoylik mansabdorlarga sansiya qo‘llashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi Foto: Manuel Balce Ceneta/AP
AQSH prezidenti Donald Tramp Kongressning ikkita palatasi ham tasdiqlagan «uyg‘urlar haqidagi» qonunni imzoladi. Bu qonun Vashington tomonidan uyg‘urlarga tazyiq o‘tkazgan deb hisoblangan xitoylik mansabdorlarga sanksiya qo‘llash imkonini beradi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytilgan.

Qonun loyihasini may oyida Kongressning har ikkala palatasi tasdiqlagandi. Qonun loyihasining muallifi respublikachi senator sobiq prezidentlikka nomzod Marko Rubio. Qonunga ko‘ra, Vashington tomonidan Xitoyda uyg‘urlarga va boshqa musulmonlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan deb topilgan mansabdor shaxslar AQSH sanksiyalariga tushadi. AQSH bunday odamlarga viza bermasligi va ularning AQSHda mavjud boyliklarini muzlatishi mumkin bo‘ladi.

«Prezidentning diplomatik faoliyatiga putur yetkazmasligi kerak»

Oq uy rasmiy saytida Trampning qonunni imzolagani haqida bayonoti e’lon qilingan. Unda prezidentning xususan shunday gaplari keltirilgan: «Mening administratsiyam qonunning cheklovga tushgan odamga nisbatan sanksiyani bekor qilish uchun Kogressni ogoh qilishni nazarda tutuvchi 6(g) bo‘limiga amal qilishga harakat qiladi. Ammo bu jarayon prezidentning diplomatik faoliyat olib borishiga ta’sir o‘tkazmasligi ham inobatga olinadi», deb Trampning gaplarini keltirilgan Oq uy saytida.

2018 yilda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachalet Xitoyning Sinszyan provinsiyasidagi (Urumchi) axloq tuzatish koloniyalarida 1 millionga yaqin uyg‘urlar noqonununiy ushlab turilgani haqida ma’lumot borligini aytgandi. Komissar bu ma’lumotni tekshirish uchun Xitoyga xalqaro ekspertlar guruhini yuborishni taklif qilgan.

Ammo rasmiy Pekin barcha ayblovlarni rad etib, lagerda terrorizm va ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolganlar saqlanishini aytib keladi. Pekin bergan ma’lumotlarga ko‘ra, lagerda ushlab turilgan odamlarga Xitoy tilidan boshlang‘ich ta’lim, kommunikatsion bilimlar va Xitoy qonunchiligi o‘qitiladi. Lagerlarda ushlab turilgan uyg‘urlar va musulmonlar soni aniq aytilmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 301
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 166
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 238
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 203
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar