“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:33
ЎЗO‘Z

Italiyada koronavirusga qarshi vaksina narxi ma’lum qilindi

16 iyun, 07:26 5 316 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Italiyada koronavirusga qarshi vaksina narxi ma’lum qilindi Foto: astrazeneca / Instagram
Italiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi vaksina bepul tarqatilishini, uni birinchi navbatda xavf guruhiga kiruvchi odamlar olishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, bunday vaksinaning bir dozasi tannarxi 2,5 yevroni tashkil qiladi.

Koronavirusdan vaksina yaratish uchun tashkil etilgan alyans (Inclusive Vaccine Alliance, IVA) tarkibiga kirgan Italiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya vaksinani ishlab chiqayotgan AstraZeneca kompaniyasiga 300 mln doza vaksina uchun 750 mln yevro to‘laydi. Shu tariqa Oksfordda joylashgan kompaniya yaratadigan AZD1222 deb nomlangan vaksinaning narxi 2,5 yevroni tashkil qiladi.

Vaksina koronavirus muammosini batamom hal qilishning yagona yo‘lidir. U men uchun oz kishilar emas, balki barcha oladigan global ijtimoiy boylik bo‘lib qoladi”, deb aytgan Italiya sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speransa.

IVA ishtirokchilarining AstraZeneca bilan vaksina yetkazish bo‘yicha shartnomani imzolashi 13 iyunda e’lon qilingan. Shartnomaga ko‘ra, vaksina xaridorlarga 2020 yil oxirida taqdim qilinishi mumkin.

AstraZeneca’da ma’lum qilinishicha, AZD1222 vaksinasi 320 nafar odamda sinalgan va sinovlar davomida u yaxshi o‘zlashtirilishi isbotlangan. Biroq bunda tana harorati oshishi, bosh og‘rig‘i, oyoq-qo‘llarning og‘rishi yoki ORVI alomatlari kabi qisqa muddatli ikkilamchi ta’sirlar kuzatilishi mumkin.

Kompaniyada va’da berilishicha, vaksina bilan emlash koronavirusga chalinishga olib kelmaydi, inson immun tizimi koronavirus chaqiruvchi kasallikka qarshi kurasha olishi uchun bir emlash yetarli bo‘ladi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 85
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar