“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:17
ЎЗO‘Z

Chexiyada ko‘chada niqob taqish bekor qilindi: bu hali hammasi emas!

15 iyun, 17:46 2 891 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chexiyada ko‘chada niqob taqish bekor qilindi: bu hali hammasi emas! Chexiyada dushanba kunidan boshlab ko‘chada niqob taqish butunlay bekor qilindi, shuningdek, restoranlarda «shvedcha stol»ga, 2,5 mingtagacha odam ishtirok etadigan ijtimoiy aksiyalar va Yevropa Ittifoqining aksar mamlakatlari bo‘ylab erkin safar qilishga ruxsat berildi, deya xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

«Dushanba kunidan boshlab ko‘chalarda, jumladan, begona kishilar bilan uchrashganda niqob taqish bekor qilindi, faqat jamoat transporti va xonalarda niqob taqish shart», — deyiladi xabarda.

Endi kinoteatr va teatrlarda tomoshabinlar bufetlardan foydalanishi mumkin, faqat zalga o‘zlari bilan taom olib kirish oldingidek taqiqlanadi. Mehmonxonalardagi restoranlarda «shvedcha stollar»ga yana ruxsat berildi.

Sartaroshxonalarda mijozlar orasida 1,5 metrli masofa saqlash qoidasi bekor qilindi. Hammomga keluvchilar bug‘xonalardan foydalanishi mumkin, akvaparklarda esa cheklovlarsiz barcha attraksionlar ochiladi.

Shuningdek, dushanba kunidan boshlab ijtimoiy aksiyalarda 500 kishidan guruhlarga bo‘linish sharti bilan 2,5 mingtaga odam qatnashishi mumkin. Masalan, futbol maydonlarida har bir guruh uchun alohida kirish va chiqish eshiklari bo‘lgan bir nechta sektorlarga bo‘linadi. Bunday aksiya ishtirokchilari sektorlar bo‘ylab harakatlana olishmaydi va bir-biridan 1,5 metr masofa saqlashi zarur.

Chexiya fuqarolari shu paytgacha faqat qo‘shni Avstriya va Slovakiya hududlarida erkin harakatlana olishgandi. Endi bu huquqdan butun Yevropa Ittifoqi bo‘ylab foydalanishi mumkin. Faqat Portugaliya, Shvetsiya hamda Polshaning Sileziya voyevodasidan qaytib kelgan chexiyaliklar va xorijliklar chegaradan o‘tayotganda COVID-19 ga test manfiy chiqqanligi haqida hujjatni taqdim etishi zarur. Xuddi shu qoida Belgiya va Buyuk Britaniyadan Chexiyaga tashrif buyuruvchi xorijliklarga ham taalluqli.

O‘tgan bir kecha-kunduzda, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga xabarlariga ko‘ra, Chexiyada 33 ta yangi koronavirus holati qayt etildi, 1 martdan boshlab ularning umumiy soni 10024 taga yetgan. 7230 kishi tuzalib chiqqan, 330 kishi vafot etgan. Hozirgi kunda 2464 kishi davolanmoqda, ularning aksariyati uyda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 208
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 159
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar