“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:37
ЎЗO‘Z

AQSHning Atlanta shahrida politsiyaning navbatdagi qurboni sababli tartibsizliklar boshlandi

14 iyun, 10:44 2 916 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSHning Atlanta shahrida politsiyaning navbatdagi qurboni sababli tartibsizliklar boshlandi Foto: EPA
AQSHning Atlanta shtatida (Jorjiya shtati) 27 yoshli qora tanli erkak politsiyaning qattiqqo‘l harakatlari sababli halok bo‘ldi. Shundan keyin shaharda politsiya tizimiga qarshi noroziliklar boshlangan.

Namoyishchilar shahar politsiyasi boshlig‘ining iste’fosini talab qilishgan
Ma’lum qilinishicha, qora tanli Reyshard Bruks mahalliy qahvaxona yonida o‘z mashinasida uxlab qolgan va boshqa transport vositalari yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Voqea joyiga chaqirtirilgan politsiyachilar Bruksni mastlikka tekshirishayotganda u politsiyachilarning biridan elektroshokerni tortib olib, qochmoqchi bo‘lgan. Bruksni ushlash vaqtida unga o‘q uzilgan. Shundan keyin afroamerikalik jarohat olib, shifoxonada jarrohlik operatsiyasidan keyin vafot etgan.

Atlanta politsiyasi boshlig‘i Erika Shilds voqeadan keyin iste’foga chiqdi
Men bu qurolning oqilani qo‘llanishi bo‘lgan, deb ishonmayman va shu sababli zobitni darhol iste’foga chiqishga chaqirdim”, deb aytgan Atlanta meri Keysha Lens Bottoms. Uning ta’kidlashicha, Shilds o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqqan. Mer ushbu voqeaning va politsiya tomonidan kuch qo‘llangan boshqa holatlarning batafsil tergovini o‘tkazishga chaqirgan.

Ayni vaqtda voqea tergovi boshlangan
Ushbu hodisa 20 kun ichida AQSHda politsiya harakatidan afroamerikalik halok bo‘lishi bilan kechayotgan ikkinchi hodisadir. 25 may kuni Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinishi vaqtida halok bo‘lgandi. Ushbu hodisadan keyin AQSHda politsiya zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishlari boshlanib ketgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar