“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 01:43
ЎЗO‘Z

Kanada bosh vaziri irqchilikka qarshi namoyishda bir oyog‘iga tiz cho‘kdi (video)

07 iyun, 12:54 2 691 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kanada bosh vaziri irqchilikka qarshi namoyishda bir oyog‘iga tiz cho‘kdi (video) Foto: REUTERS / BLAIR GABLE
RT telekanali ushbu holat aks etgan videoni o‘z Telegram-kanalida joylashtirdi. Namoyish 5 iyun kuni Kanada poytaxti Ottava markazidagi parlament binosi yaqinida o‘tgan.

48 yoshli Tryudo irqchilikka qarshi namoyish ishtirokchilari bilan birdamlikni namoyon qilishga qaror qilgan. Qora rangli himoya niqobida va atrofida tansoqchilar bo‘lgan bosh vazir “Adolat yo‘q = tinchlik yo‘q” deb nomlangan namoyishda paydo bo‘lganda, namoyishchilar undan AQSHda politsiya tomonidan ushlanish vaqtida halok bo‘lgan qora tanli Jorj Floyd xotirasiga bir oyog‘iga tiz cho‘kishni so‘rashgan. Bosh vazir namoyishchilar iltimosini bajarib, tiz cho‘kkan. Shundan keyin minglab namoyishchilar bosh vazirsiz o‘z yurishlarini davom ettirganlar.

Biroq Guardian nashrining voqea joyida bo‘lgan muxbirining ta’kidlashicha, namoyishchilar Tryudoning tiz cho‘kishini munosib baholashmagan. Ta’kidlanishicha, bir necha kishigina, jumladan uning tansoqchilari bosh vazirni ushbu ishi uchun olqishlab qo‘yishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda hattoki Tryudo nomiga tanqidlar ham bildirilgan.
Meni bu reklama nayranglari qiziqtirmaydi, ayniqsa hozir. Sizga bo‘ysunadigan politsiyaning shafqatsizligiga qarshi chiqib, qanday qilib tiz cho‘kasiz? Go‘yoki sizda bu muammo yo‘qdek. Uni tasvirga olishayotganini payqab, kameraga o‘girilib tiz cho‘kishini aqlga sig‘dirish qiyin”, deb aytgan kanadalik mashhur yozuvchi Andre Domiz.

Kanada bosh vaziri avvalroq bir necha marta ham siyosatchilar, ham jamoatchilik tomonidan namoyishlarda o‘zini ko‘z-ko‘z qilish uchungina ishtirok etishda ayblangan. Ottavadagi aksiyadan bir kun oldin kanadalik politsiyachilar tomonidan tub aholi - aborigenlar orasidan bo‘lgan 26 yoshli Shantel Mur otib o‘ldirilgandi va namoyishchilardan ba’zilari uning surati tushirilgan plakatlarni ushlab turishgan. Shu voqeadan keyin Tryudo jurnalistlardan birining politsiyada qanday islohotlar o‘tkazmoqchiligi haqida bergan savoliga javob bermagan.

Floydning o‘limi nafaqat AQSHda, balki boshqa davlatlarda ham norozilik namoyishlariga olib keldi. AQSHning ko‘plab yirik shaharlarida namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 195
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Bo‘limlar