“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:41
ЎЗO‘Z

Hidoyatga kelgan nasroniy ruhoniylar: Sergey Abdulhaq Timuxin

06 iyun, 20:34 2 738 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hidoyatga kelgan nasroniy ruhoniylar: Sergey Abdulhaq Timuxin Vladislav Soxin yo‘liga juda o‘xshash yo‘l 1973 yilda Kemerovo viloyati Belovo shahrida tug‘ilgan, rus yigiti Sergey Timuxinning ham chekiga tushdi. O‘sha davrdagi ko‘plab sovet fuqarolari singari u dindan uzoq bo‘lgan oilada tug‘ilgan va o‘rta maktabni tugatgandan so‘ng nasroniylik haqida "bilib", ensiklopediyalar, ma’lumotnomalar va keyin Injil o‘qishga qiziqib qolgan edi. Bularning barchasi uni avval cho‘qinishga, so‘ngra cherkov hayotida faol ishtirok etishga olib keldi.

"Diniy bilimlarga bo‘lgan xohishimni ko‘rib, Belovo ibodatxonasi menga Kemerovo ilohiyot institutida o‘qish uchun ko‘rsatma berdi. 1994 yilda, birinchi yilni a’lo baholar bilan tugatgandan so‘ng, Kemerovo va Novokuznetsk yepiskopi menga dyakon vazifasini topshirdi va bir oydan keyin men ruhoniy bo‘ldim ..."

Sergey ko‘p o‘qishni davom ettirdi, lekin u ko‘proq adabiyotni "o‘ziga singdirgan" sari pravoslav cherkovining dogmalariga nisbatan shubhalar ko‘payib ketdi. Chunki u chuqur tarix, mifologiyani o‘rganishni boshladi, nafaqat pravoslavlardan, balki boshqa mualliflardan, xususan, chet ellik mualliflarning ham kitoblarini o‘qidi. Va bunday o‘qish o‘zining birinchi natijasini berdi:

"Men ikonalar, xochlar, avliyolarga sig‘inish shartlari butparastlik dinlaridan kelib chiqqan degan xulosaga keldim".

Ruhiy izlanishlar va pravoslav ta’limotining to‘g‘riligiga shubha uni 2001 yilda Novosibirskdagi Amerika apostol injilchi-lyuteran cherkoviga borishga majbur qildi. Mahalliy lyuteranlarning boshlig‘i, agar ularning seminariyasida imtihon topshira olsa, uni pastor sifatida qabul qilishga rozi bo‘ldi. Timuxin «a’lo» baho olib, Novosibirskdagi missionerlik ishiga javobgar bo‘ldi. Bir yildan so‘ng Yekaterinburgga jo‘nadi.
Lyuteran bo‘lganda ham ko‘p kitob o‘qishni davom ettirdi va kutubxonasida kitob ko‘paysa ko‘paydiki, kamaymadi.

"Tarix va mifologiyani chuqurroq o‘rganishni davom ettirib, men "uchlik" aqidasi butparastlikdan kelib chiqqanligini angladim, chunki "uchlik" so‘zi butun Injilda, hatto Yangi Ahdda ham uchramaydi. Shunday qilib, men Xudo yagona va U jismdagi qobiqda bo‘lmasligiga qat’iy ishonch hosil qildim. Yekaterinburgda yashar ekanman, xotinim bilan masjidga borishni boshladik. 2003 yil fevral oyida men cherkovdagi xizmatni tark etdim. Oilam bilan Kemerovo viloyatining Belovo shahriga ko‘chib o‘tdik».

Shunday qilib, yomg‘irdan qochib qorga tutilganini anglagan Sergey va uning rafiqasi Belovo masjidida Abdulhaq nomini olib, tavhidni tan oldi. Haq sifati bo‘lgan Alloh uni haqqa, haqiqatga yetaklagani uchun Sergey Abdulhaq ismini tanlashiga sabab bo‘ldi.

Alloh haq yo‘lidan adashtirmasin.

(davomi bor)

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 2
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 116
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 81
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 334
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar