“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:20
ЎЗO‘Z

Jahonda oziq-ovqat narxlari pasayishda davom etayotgani ma’lum qilindi

06 iyun, 12:56 2 518 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahonda oziq-ovqat narxlari pasayishda davom etayotgani ma’lum qilindi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxi may oyida yana pasayganini qayd etdi. Narxlar qatorasiga to‘rtinchi oy pasayishda davom etayotgan bo‘lib, bunga COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli talabning kamaygani sabab bo‘lgan.

Eng ko‘p sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlariga xalqaro narxlarning o‘zgarishini kuzatib boradigan FAO oziq-ovqat mahsulotlari narxining indeksi may oyidagi o‘rtacha qiymati 162,5 punktni tashkil etdi. Bu avvalgi oyga nisbatan 1,9 foizga kam va 2018 yilning dekabridan buyon kuzatilgan eng past ko‘satkichga to‘g‘ri keladi.

Mavsumiy taklif omillari va importga bo‘lgan talabning pasayishi natijasida yog‘ va pishloq kotirovkasining keskin pasayishi tufayli FAO sut narxlari indeksi apreldan buyon 7,3 foizga pasaygan. Uning o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘tgan yildagiga nisbatan 19,2 foizga past.

Xitoyning iqtisodiy faoliyatni qayta boshlashi va past narxlar xaridorlarda katta qiziqish uyg‘otayotgani sababli quruq sut kotirovkasi aytarli pasaymagan.

FAOning shakar narxlari indeksi esa trendni buzib, oldingi oyga nisbatan 7,4 foizga oshdi va aprel oyidagi tushishning yarmini tikladi. Bunga neft xalqaro narxining o‘sishi hamda dunyodagi eng yirik shakar ishlab chiqaruvchi Hindiston va dunyoda shakar eksporti bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Tailandda hosilning kutilganidan past bo‘lgani sabab bo‘lgan.

FAO don mahsulotlari narxlar indeksi aprel oyidan beri 1,0 foizga tushib ketdi. Xalqaro guruch bozorida «yaponik» va «basmati» navlari narxlari ko‘tarilgani haqidagi xabarlar ortidan biroz ushbu mahsulotning qiymati ham oshdi. Bug‘doyning eksport bahosi esa kutilganidek butun jahon zaxiralarining to‘lib-toshganligi natijasida arzonladi. Ozuqa donlarning narxi esa yanada pasayib ketdi. Xususan, AQSH makkajo‘xorisi narxi 2019 yil maydagi darajasidan deyarli 16 foizga pastlagan.

FAO o‘simlik yog‘i narxlari indeksi 2,8 foizga tushib, 10 oy ichida eng quyi darajaga yetdi. Raps va kungaboqar yog‘lari narxlari ko‘tarilgan bir paytda, to‘rtinchi oydirki palma yog‘i narxlari pasaymoqda, bu importning global talabi pasayishi va yirik eksport qiluvchi mamlakatlarda ishlab chiqarish va zaxiralarning kutilgan darajasidan yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda.

FAO go‘sht narxlari indeksi may oyida 0,8 foizga tushib, uning o‘rtacha qiymati 2019 yil may oyiga nisbatan 3,6 foizga pastlagan. Sharqiy Osiyoda importga talab o‘sib borishiga qaramay, mol, parranda go‘shtlari narxlari pasayishda davom etmoqda.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar