“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 04:47
ЎЗO‘Z

Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 3 kishiga, Janubiy Koreyada esa 51 kishiga oshdi

06 iyun, 11:54 2 272 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 3 kishiga, Janubiy Koreyada esa 51 kishiga oshdi Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 3 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 2 ta holat qayd etildi. Bemorlarning 2 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi chetdan yuqtirilgan bo‘lib, Guandun provinsiyasida qayd etilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 030 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 329 nafari sog‘aygan, 4 634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 67 nafar bemor qolmoqda.

Shuningdek, sutka davomida 2 kishi infeksiyani belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. Shunday kishilarning yana 257 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 51 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 11 719 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

May oyidan buyon kasallikning yangi o‘choqlari bemorlar sonining oshishiga olib kelmoqda. 28 mayda kunlik kasallanishlar soni 79 kishiga yetgandi, so‘nggi haftada esa bu ko‘rsatkich 30-50 kishi atrofida bo‘lib turibdi.

Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududidagi klub va barlarda kasallik yuqtirganlar soni kamida 272 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinishning oldini olish bo‘yicha choralarga yetarlicha amal qilmagan Puchon shahridagi Coupang kompaniyasi omborxonasida esa kamida 124 kishi virusni yuqtirib olgan. Yana 76 kishi kichik diniy yig‘ilish o‘tkazish paytida virus yuqtirgan.

So‘nggi sutkada 25 kishi koronavirusdan sog‘ayib chiqib, tuzalganlarning umumiy soni 10 531 nafarga yetdi. Kasallikdan vafot etganlar soni o‘zgarmagan — 273 kishini tashkil qilmoqda.

Janubiy Koreyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 184
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 232
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar