“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:47
ЎЗO‘Z

Bill Geyts odamlarni vaksina orqali chiplamoqchiligi haqidagi ayblovlarga izoh berdi

05 iyun, 21:09 2 498 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bill Geyts odamlarni vaksina orqali chiplamoqchiligi haqidagi ayblovlarga izoh berdi Foto: Win McNamee/Getty Images/AFP
Amerikalik milliarder Bill Geyts go‘yoki u koronavirusdan vaksina kiritish yordamida odamlarni chiplamoqchi bo‘layotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Milliarder BBC telekanaliga bergan intervyusida bu mish-mishlarni rad etgan.

Koronavirus pandemiyasi boshlangandan keyin Geyts bir qator fitnalar nazariyasi “qahramoni”ga aylandi. Ba’zilarning ta’kidlashicha, koronavirus aynan u sababli paydo bo‘lgan va virusdan vaksinalashdan maqsad odamlarni chiplashdan iborat. Keyinchalik bunday odamlar qandaydir kuchlar manfaati uchun qo‘llanadi. Boshqa farazlarga ko‘ra, milliarder koronavirusdan vaksina ortidan mo‘maygina pul ishlamoqchi.

Meni bunday telbanoma taxminlar mavjudligi biroz tashvishlantiradi. Va bu farazlarning bir qismi men haqimda ekanligi yanada ajablantiradi. Biz vositani yaratishga pullar xayriya qilamiz, farmakologik kompaniyalarga cheklar yozib beramiz”, deb aytgan Geyts intervyuda.

Men hech qachon mikrochiplar bilan shug‘ullanmaganman. Buni [ommaviy chiplash] rad etish imkonsizdir, chunki bu faraz ahmoqona va g‘alatidir”, deb qo‘shimcha qilgan milliarder.

Geytsning aytishicha, uning vaksinalar yaratish ustida ishlashining yagona sababi jamoaviy immunitetning shakllantirilishiga erishish zarurligi hisoblanadi. Bunda aholining taxminan 80 foizi koronavirusga chalinmaydi.

Agar odamlar buni firibgarlik yoki vaksina zararli deb o‘ylasalar va vaksinalanishni istamasalar, unda kasallik odamlarni o‘ldirishda davom etaveradi”, deb ta’kidlab o‘tgan milliarder.

Geyts davlatlar hukumatlarini koronavirusdan samarali va xavfsiz vaksina ishlab chiqilgandan keyin uni birinchi navbatda sog‘liqni saqlash tizimi bo‘sh rivojlangan davlatlar orasida tarqatishga chaqirgan.

YouGov va YahooNews’ning bahor oxirida o‘tkazgan so‘rovnomasiga ko‘ra, Geytsning koronavirus paydo bo‘lishiga aloqadorligi haqidagi fitna nazariyasiga 28 foiz amerikaliklar ishonadi. Geytsning ta’kidlashicha, uni bunday so‘rovnomalar natijalari uncha tashvishlantirmaydi.

Bu orada milliarderning jamg‘armasi 4 iyunda koronavirusdan vaksina hamma yerda, jumladan zaif rivojlangan davlatlarda ham bo‘lishi uchun Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyansga 100 mln dollar ajratdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar