“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:10
ЎЗO‘Z

Norvegiyada ko‘chki bir nechta uyni dengizga olib ketdi (video)

05 iyun, 06:30 2 677 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Norvegiyada ko‘chki bir nechta uyni dengizga olib ketdi (video) Norvegiya shimolidagi Alta kommunasida yuz bergan ko‘chki baliqchilar qishlog‘ini deyarli butkul yo‘q qildi. The Local nashrining xabar berishicha, ko‘chki 8 ta uyni o‘zi bilan dengizga olib ketgan. Tabiiy ofat aholi punktidagi uylarning yarmini vayron qilgan.

Ko‘chki eni 650 metrni tashkil qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Qishloqda asosan odamlar ta’tilga yoki dam olish kunlari keladigan dala hovlilar joylashgan bo‘lgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib borgan.

Guvohlardan birining ta’kidlashicha, u ovqatlanishga o‘tirganda tomda qarsillagan ovozni eshitgan, so‘ngra uzilgan simlarni ko‘rgan. Shunda u uydan yugurib chiqib, yaqin oradagi tepalikka chiqib olgan. Erkak keyinroq vertolyotda evakuatsiya qilingan.

Voqeadan keyin kommunada inqiroz shtabi tashkil etilgan. Ko‘chkiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Politsiya mahalliy avtoyo‘llar bo‘ylab harakatlanishni vaqtincha taqiqlab qo‘ygan.

Just now in Alta, Norway: Huge mudslide dragging several houses into the sea. pic.twitter.com/xR4t5zLI7m

— Jan Fredrik Drabløs (@JanFredrikD) June 3, 2020




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar