“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:56
ЎЗO‘Z

Yevropa ittifoqining 4 ta davlati koronavirusdan vaksina ishlab chiqilishini tezlatish uchun alyans tashkil etdi

04 iyun, 10:07 2 595 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevropa ittifoqining 4 ta davlati koronavirusdan vaksina ishlab chiqilishini tezlatish uchun alyans tashkil etdi Germaniya, Fransiya, Italiya va Niderlandiya Yevropa ittifoqi hududida koronavirusdan vaksinani ishlab chiqishni tezlashtirish uchun birlashdi.

Yevropa ittifoqining eng yirik iqtisodiyotga ega ushbu 4 davlati shu maqsadda alyans tashkil etdi. Niderlandiya sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, ular “vaksina ishlab chiqilishini tezlatish maqsadida turli istiqbolli tashabbuslarni birgalikda ko‘rib chiqmoqda va farmatsevtik kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda”.

Inklyuziv vaksina uchun alyans”ning maqsadi Yevropa hududida imkoni bor joyda vaksinani ishlab chiqarish imkoniyatini ta’minlashdan iborat. Germaniya, Fransiya, Italiya va Niderlandiya muvaffaqiyatli natija uchun birgalikdagi strategiya va sarmoyalar kerakligiga ishonch bildirmoqda”, deyilgan bayonotda.

Unda ta’kidlanishicha, alyans Yevropa ittifoqi va boshqa davlatlar, ayniqsa Afrikaning nochor davlatlarini yetarli miqdorda vaksina bilan ta’minlash uchun vaksinalar ishlab chiqarish sohasidagi istiqbolli tashabbuslarni ko‘rib chiqmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyoda koronavirusdan 130 tadan ko‘proq vaksina ustida ish olib borilmoqda. Ulardan kamida 10 tasi klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.
Yevropa ittifoqi, koronavirus, vaksina




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar