“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:33
ЎЗO‘Z

Shvetsiyada ishlash talab etilmaydigan va mo‘maygina maosh to‘lanadigan ish taklif qilinmoqda

04 iyun, 09:10 5 444 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shvetsiyada ishlash talab etilmaydigan va mo‘maygina maosh to‘lanadigan ish taklif qilinmoqda Foto: Getty Images
Shvetsiyada ishlash talab etilmaydigan ish taklif qilinmoqda. Ishchidan ertalab va kechqurun muayyan soatlarda chiroqni yoqish va o‘chirishgina talab etiladi. Qolgan payt u bo‘sh bo‘ladi. Buning uchun ishchiga 2,3 ming dollar maosh to‘lanadi.

Shvetsiyada “orzudagi ish” taklif qilinmoqda. Bu ishda ishlash talab etilmaydi. Xodimdan Geteborgda qurilayotgan Korsvägen stansiyasiga kelib, ish kunining boshida va oxirida chiroqni yoqish va o‘chirishgina talab etiladi. Qolgan vaqt u bo‘sh bo‘ladi.

Vakansiyaning ta’rifida ishchiga oylik maosh hayotining oxirigacha to‘lanishi aytilgan. Ish beruvchi butun dunyodan ushbu ishga kirish uchun 125 ta ariza olgan. Arizalar nafaqat Shvetsiya, balki AQSH, Filippin, Tayvan va boshqa davlatlardan jo‘natilgan.

“Umrbod lavozim” deb nomlangan ushbu loyiha mualliflari rassomlar Simon Goldin va Yakob Sennebyu hisoblanadi. Ular bu ish uchun 2,3 ming dollar maosh to‘lashga tayyorlar.

Art-eksperiment mualliflari oylik maoshni 120 yil davomida to‘lashmoqchi. Bu mablag‘larni Shvetsiya badiiy kengashi va transport boshqarmasi ajratgan.

“Orzudagi ish”ni Geterborgda yashovchi yoki unga ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lgan odam olishi mumkin. Loyihada yil sayin tobora kuchayib borayotgan jamiyatdagi tengsizlikka e’tibor qaratish maqsad qilingan.

Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • So'nggi yangiliklar

  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar