“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:22
ЎЗO‘Z

Yer yuzida oltinchi ommaviy qirilish jarayoni boshlangan. Bu qanchalik xavfli?

03 iyun, 14:10 5 617 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yer yuzida oltinchi ommaviy qirilish jarayoni boshlangan. Bu qanchalik xavfli? Olimlarning ta’kidlashicha, Yer yuzida oltinchi ommaviy qirilish jarayoni boshlangan.
«Proceedings of the National Academy of Sciences» (PNAS) nashri ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda biologik xilma xillikning kamayish sur’ati tezlashgan.

Turlarning yo‘q bo‘lib ketishi tabiiy jarayon, ammo bugungi kunda bu misli ko‘rilmagan darajada tez sur’atlarda sodir bo‘lmoqda. Shubhasiz, buning sababi inson ta’siri deb hisobalaniladi.

Tahlillarga qaraganda, 2001 yildan 2014 yilgacha 173 tur butunlay yo‘q bo‘lib ketgan, bu esa kutilganidan 25 baravar ko‘pdir. So‘nggi asrda bo‘lsa umurtqali hayvonlarning 400 dan ortiq turlari nobud bo‘ldi. Olimlarning qayd etishlaricha, tabiiy evolyutsiya jarayonida bu holat taxminan 10 ming yil davom etadi.

Olib borilgan kuzatuvlar davomida tadqiqotchilar 29,400 quruqlik yashovchilarning hozirgi holatini tahlil qilishdi va ularning 515 (1,7%) butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidaligini, tropik va subtropik mintaqalar esa eng zaif hududlar ekanligini aniqlashdi. Ta’kidlanishicha, har bir turning atigi 1000 dan ortiq vakili saqlanib qolgan bo‘lib, kelgusi 20 yil ularning taqdirini hal qilishi mumkin.

Olimlar yo‘qolib ketish jarayoni xuddi "domino" prinsipi kabi sodir bo‘lishidan xavotirlanishmoqda. Bunda bitta turning yo‘q bo‘lib ketishi unga bog‘liq bo‘lgan boshqa turning ham nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Ma’lumki, Yer tarixida beshta ommaviy qirilishlar hodisasi kuzatilgan va ularning har birida 70 foizdan 95 foizgacha bo‘lgan o‘simlik turlari, hayvonlar va mikroorganizmlar yo‘q bo‘lib ketgan. Ushbu jarayonlarning oxirgisi 66 million yil avval yuz berib, dinozavrlarning ommaviy qirilib ketishiga sabab bo‘lgan.

Bularning barchasi atrof-muhitning falokatli o‘zgarishlari, jumladan, global vulqon otilishi yoki Yerga asteroid tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan. To‘g‘ri, ushbu hodisalardan keyin hayot tiklangan, ammo bunga millionlab yillar sarflangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 0
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar